Линклар

Шошилинч хабар
27 декабр 2024, Тошкент вақти: 04:39

“Yagona yo‘l–bo‘yin tovlash”. Harbiy safarbarlikdan qochayotgan rossiyaliklarga ekspert maslahati


Harbiy safarbarlik. Illyustrativ surat.
Harbiy safarbarlik. Illyustrativ surat.

Ukrainadagi urushga kimlar safarbar qilinishi, kimlar chaqiriq muddatini kechiktirish (“otsrochka” olish) huquqiga egaligi va umuman bu tadbirlar qanday tashkil qilinishi hozirda Rossiyada ko‘pchilikni qiziqtiradi.

Qonunda qisman va yalpi safarbarlik degan narsalar bor, ammo uning miqdori yoki foizi ko‘rsatilmagan. Ya’ni, mulozimlar hatto qisman safarbarlikni ham istagancha talqin qilishlari, qancha kerak bo‘lsa shuncha odamni chaqirishlari mumkin.

Rossiyada safarbarlik to‘liq yoki qisman bo‘ladi. Federal qonunda shunday deyilgan. Ikkisining o‘zaro farqi, masalan, u butun Rossiyada yoki alohida hududda e’lon qilinishidir. Putin hammani emas, balki “hozirda zaxirada turganlar, avvalo – qurolli kuchlar safida xizmatni o‘tagan, harbiy ixtisoslik va zarur tajribaga ega fuqarolar”gina chaqiriladi, deya va’da bermoqda.

Biroq Putinning o‘zi imzo chekkan farmonda bunaqa cheklovlar mavjud emas. Yuristlar fikricha, bunaqa “formulirovka” faqat zaxiradagi harbiylaru alohida mutaxassislarnigina chaqirishga mo‘ljallanmagan.

“Prezident bu borada ixtiyorni mudofaa vazirida qoldiryapti. Amalda kimni, qayerdan va qancha miqdorda urushga jo‘natish kerakligini aynan mudofaa vaziri hal qiladi. Mexanizm quyidagicha bo‘ladi: Mudofaa vazirligi Rossiyaning har bir hududi uchun safarbarlik kvotalarini shakllantiradi. Ularning bajarilishi uchun gubernatorlar javobgar bo‘ladi”, deya izoh beradi “Agora” huquqbonlik guruhi rahbari Pavel Chikov.

Путин урушга сафарбарлик эълон қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:37 0:00

Uning fikricha, birinchi galda – harbiy xizmatni o‘tagan va zaxirada qolish uchun shartnoma imzolaganlar chaqiriladi. So‘ngra zaxiradagi erkaklarga navbat yetadi. Ya’ni, xizmatni o‘tab bo‘lganlar yoki OTMlar harbiy kafedralarini bitirganlarga. Oddiy askarlar to 50 yoshga to‘lgunicha, kichik ofitserlar esa 60 yoshga qadar urushga chaqirilishi mumkin.

“Mantiqan qaraganda, dastavval birinchi oqim – yoshlar chaqirilishini taxmin qilish mumkin. Lekin aslida hammasi chalkash. Shoygu besh ming kishini talafot berdik deb turgani holda bunaqa qilishayotgani juda g‘alati. Besh mingtagina odam o‘lgan bo‘lsa, nega 300 ming kishiga safarbarlik e’lon qilyapsizlar?” deydi yurist Aleksey Pryanishnikov.

Rostdan ham, mudofaa vaziri Sergey Shoygu zaxiradagi salkam besh million kishilik “safarbarlik resursi”dan 300 minggi chaqirilishini aytgan. Biroq prezident muayyan raqam keltirilmagan, buni shunchaki yashirishyapti: hujjat bandlaridan biri bayon qilinmagan, o‘rnida “xizmat doirasida foydalanish uchun” degan qayd turibdi.

Chaqiriqdan aniq qutulib qoladiganlar – bu deputat va senatorlar. Boshqa mulozimlarni ham ozod qilishlari turgan gap. Sergey Shoygu talabalarga tegmaslikka va’da beryapti, lekin yuristlar bunga kafolat yo‘q, deyishmoqda.

“Zaxiradagi barchani chaqirishlari mumkin. Kerak bo‘lsa ayollarni ham – harbiy guvohnomasi, harbiy ixtisosligi bor ayollarni, masalan, tibbiyot xodimlari va aloqachilarni. Safarbarlik to‘g‘risidagi qonunda chaqiruv kunini kechiktirishga ruxsat etish shartlari ro‘yxati bor, ammo bu ro‘yxat oddiy chaqiruv tartibiga oid ro‘yxatga nisbatan ancha qisqa. Va unda ta’lim olayotgani munosabati bilan fuqaroni harbiy xizmatga chaqirishni kechiktirish nazarda tutilmagan”, tushuntiradi “Grajdanin. Armiya. Pravo” harakati rahbari Sergey Krivenko.

Prezident farmoniga ko‘ra, “otsrochka”ni harbiy-sanoat korxonalari xodimlariga berilishi, ammo faqat ishlab turgan davriga olishlari mumkin. Xizmat qilishga rozi bo‘lib avvalroq shartnoma imzolaganlar esa safarbarlik tugamasdan uni bekor qildira olmaydilar, muddati tugagan shartnomalar uzaytiriladi. Ya’ni, shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan harbiylar endi faqat yoshi etganida, sog‘lig‘i yomonlashganida yoki ozodlikdan mahrum qilinganida armiyadan bo‘shatiladi.

“Nastoyashcheye vremya” telekanali urushga borishni istamaydiganlar uchun maslahat so‘rab ekspertlarga murojaat qildi. Mana ularning javoblari:

Sergey Krivenko: Kim armiyaga borishni va o‘zga mamlakat fuqarolarini o‘ldirishni xohlamasa, safarbarlikdan bo‘yin tovlashi kerak, bu hozirda yagona chora. Yoki harbiy xizmatni fuqaroviy xizmatga almashtirishni so‘rab ariza bersin – Konstitutsiya bunga huquq beradi. Har bir kishi o‘zi hal qilsin.

Xalqaro Memorial jamiyati a’zosi Sergey Krivenko.
Xalqaro Memorial jamiyati a’zosi Sergey Krivenko.

Aleksey Pryanishnikov: Sog‘lig‘i vajidan harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsiz deb topilganlar olti oygacha “otsrochka” olishlari mumkin. Xullas, urushga borishni istamaydiganlar ana shu mezonga tushadigan kasalliklar ro‘yxati bilan tanishsinlar va ularni o‘zlarida “izlab ko‘rsinlar”.

Sergey Krivenko: Ilgari oddiy chaqiruvdan bo‘yin tovlagan fuqarolar odatda jarimaga tortilgan bo‘lsa, endilikda ikki yilgacha muddatga “kesilishi” mumkin, chunki safarbarlikdan bo‘yin tovlash Jinoyat kodeksiga og‘irlashtiruvchi holat sifatida kiritilib, jazo kuchaytirildi. Shunga qaramay, urushda halok bo‘lgandan yoki qo‘lni qonga botirgandan ko‘ra, ikki yil qamoqda o‘tirgan tuzuk, deb bilaman.

Buning rasmiyatchilik tomonlari ham bor: ya’ni jinoyat ishi ochilishi, harbik komissariat muayyan fuqaroga qarshi hujjatlarni yig‘ishi va uning bo‘yin tovlayotganini isbotlashi lozim. Shuning uchun ham biz muqobil xizmatni o‘tash haqida ariza berishni va urushga qarshi maslagi vajidan harbiy xizmatdan bosh tortishni tavsiya etamiz. Bu fuqaroning xizmatdan bo‘yin tovlamayotganini, balki muqobil xizmat so‘rayotganini kafolatlaydi. Va bu holatda kishini jinoiy javobgarlikka tortishlari ehtimoli juda kam.

Aleksey Pryanishnikov: Nima bo‘lganda ham komissariat avvalo fuqaroni u safarbarlikka jalb etilgani haqida ogohlantirishi shart. Va bu xabarnoma aniq shaklda bo‘ladi va chaqirilayotgan shaxs uni olganini tasdiqlab imzo qo‘yadi. Ammo yana takrorlayman: voyenkomat qo‘liga tushsangiz – qonuniymi yoki noqonuniy – bu bo‘yicha faqat keyin arz qila olasiz yoki ularga qarshi da’vo qo‘zg‘atasiz, ammo qo‘lga tushgandan so‘ng qutulish qiyin. Mana shu jihatga ehtiyot bo‘lish kerak.

XS
SM
MD
LG