Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:30

2020 - yilda 23 ming o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi


Rossiyada pandemiya davrida fuqarolik berish bo‘yicha rekord o‘rnatildi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, 2020 - yilning o‘zida Rossiya vatandoshligi 656,3 ming kishiga topshirildi. Bu joriy asr boshidan beri eng katta ko‘rsatkichdir.

Yil sayin Rossiya vatandoshligini olayotgan o‘zbekistonliklar soni ham ko‘payib bormoqda.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi e’lon qilgan statistika raqamlaridan ma’lum bo‘lishicha, bu 2019 - yilga nisbatan 30 foizga ko‘pdir: 2019 - yilda bu raqamlar 497 817 kishi tashkil etgandi.

O‘tgan bir yilda Rossiya pasportiga ega bo‘lganlarning 3,5 foizi yoki 23,1 ming kishi O‘zbekistonning sobiq vatandoshlari bo‘ldi.

O‘zbekistonga qo‘shni davlatlar – Tojikistondan 63,4 ming (9,7 foiz) va Qozog‘istondan 43,4 ming (6,6) kishi, Rossiya fuqarolari safiga qo‘shilgan. Shuningdek, ro‘yxatning keyingi o‘rinlarida Armaniston (30,5 ming kishi), Ozarbayjon (22 ming kishi), Moldova (20 ming kishi), Qirg‘iziston (12 ming kishi), Belarus (10 ming kishi) turganini ko‘rish mumkin.

O‘tgan yil davomida nihoyat, fuqarolikka ega bo‘lganlarning 1,2 foizini fuqaroligi yo‘q shaxslar olgani qayd etildi.

Shuningdek, 10 millionga yaqin chet ellik yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar migratsion ro‘yxatga qo‘yilgani aytildi.

Mutaxasisslar so‘nggi yillarda ushbu davlat vatandoshligini olganlar soni o‘sib borayotgani qayd etilayotganini gapirmoqda. Ayniqsa sobiq Ittifoq respublikalari aholisi orasida Rossiya fuqaroligini olish ishtiyoqi kuchli ekani e’tiborga molik.

Raqamlardan birgina Qozog‘istonda Rossiya fuqaroligini olishga bo‘lgan harakat o‘tgan 2020 - yilda nafaqat oshmagani, balki susaygani kuzatildi. “Tojikiston shu sababli ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi”, deydi Sankt-Peterburgdagi Yevropa universiteti professori, migratsiya bo‘yicha ekspert Sergey Abashin.

U rus vatandoshligini olganlarning asosiy qismini sobiq ukrainaliklar tashkil etganini ta’kidlaydi:

- 2014 - yilda Kreml Ukrainadagi mojaro urushga aylanib ketishiga, yumshoq qilib aytganda, ko‘maklashvordi. Natijada millionlab odamlar qochoqqa aylandi, jumladan 1,5 million odam Rossiyaga qochib kirdi. Endi esa Kreml ularni fuqarolik olishga majburlamoqda. Ya’ni ular shu tariqa qochqinlar hisobiga o‘zining demografik muammolarini hal etmoqchi.

Sergey Nikolayevich keltirgan ma’lumotlarga binoan, oxirgi 4 yilda Rossiya vatandoshligini 1,6 million odam olganki, bu mamlakat aholisining 1 foizini tashkil etadi.

Olimning fikricha, ayrim millatchi nashrlar va davlat rasmiylari tarqatayotgan xabarlarga zid ravishda, rasmiy statistika ma’lumotlaridan oxirgi 4 yilda rossiyalik bo‘lganlarning 900 mingini yoki immigrantlarning 55 foizini ukrainalik qochqinlar tashkil etadi.

Boshqa qator migratsiya mutaxassislari ham Rossiyada fuqarolik berish bo‘yicha raqamlar o‘sayotganiga Rossiya atrofidagi notinch mintaqalar ko‘payib borayotgani va Rossiyaning o‘zida aholi sonining keskin kamayib borayotganini sabab qilib ko‘rsatmoqda.

Rossiya Davlat statistika qo‘mitasi berayotgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 - yilda Rossiya aholisi soni bir yil oldingi ko‘rsatkichga nisbatan 510,5 ming kishiga qisqargan. Bu Rossiyada 2005 - yildan buyongi aholining bu darajada keskin kamayishidir. 2021 - yilning 1 - yanvariga kelib Rossiya Federatsiyasida 146,2 million odam istiqomat qilib kelishi aytildi.

2014 - yilgacha Rossiya aholisi 143,7 million kishini tashkil etgan; Qrim yarimoroli Ukrainadan tortib olinganidan keyin mamlakat aholisi birdan 146,3 million odamga etgan.

2019 - yilda Putin hukumati ayirmachi DNR va LNR tuzilmalarida yashovchi aholiga ommaviy tartibda rus pasportlarini tarqatishni boshlagani hisobiga fuqarolikka qabul qilish ko‘rsatkichi 85 foizga oshgan edi.

O‘zbekiston IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi rasmiy tushuntirishiga ko‘ra, agar O‘zbekiston fuqarosi boshqa davlat fuqaroligini olgan bo‘lsa, u ikkisidan birini tanlashi kerak bo‘ladi.

XS
SM
MD
LG