Линклар

Шошилинч хабар
27 декабр 2024, Тошкент вақти: 07:03

Yo‘qotilgan ta’lim. G‘azoda maktablarsiz ikkinchi o‘quv yili boshlanmoqda


Bu hafta odatiy yillarda maktabga qaytishi kerak bo‘lgan Qudah oilasi G‘azo janubidagi o‘zlari uchun boshpanaga aylangan qabristonda qabrlar qurishda ishlatish uchun vayron bo‘lgan binolardan g‘isht va tosh to‘plab yurishibdi.

"Boshqa mamlakatlardagi tengdoshlarimiz yangi narsalarni o‘qib o‘rganyapti", deydi 14 yoshli Izuddin Qudah, uning uch nafar ukasi – eng kichigi 4 yoshda – beton bo‘laklarni qo‘ldan yerga qo‘ygach. “Biz esa yo‘q. Biz o‘z qurbimizdan tashqarida bo‘lgan narsa bilan bandmiz. Yashash uchun shunga majburmiz”.

G‘azo ikkinchi o‘quv yiliga maktablarsiz qadam qo‘ymoqda, ko‘pchilik o‘z oilalari Isroilning qattol hujumlaridan omon qolishi uchun kundalik kurash bilan band.

Bolalar uysiz qolib, chodirlarda yashayotgan yaqinlariga suv eltish uchun suv tarqatish punktlariga yalangoyoq borib keladi. Boshqalari ovqat olib kelish uchun qo‘llarida idishlar bilan xayriya oshxonalari oldida kutib turadi.

Yordam xodimlari ta’kidlashicha, ta’limdan uzoq vaqt mahrum bo‘lgan g‘azolik bolalarga jiddiy zarar yetishi mumkin. Yosh bolalar kognitiv, ijtimoiy va hissiy rivojlanishga qiynaladi, kattaroq bolalar esa mehnatga majburlanishi yoki erta turmush qurishi xavfi ostida, deydi BMT bolalar agentligi YUNISEFning mintaqaviy vakili Tess Ingram.

"Bola maktabdan qanchalik uzoq qolsa, maktabni butunlay tashlashi va qaytib bormasligi mumkin", deydi u.

Яқин Шарқ ва Украина уруши: Ғазо яна бомбардимон қилинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:06 0:00

G‘azodagi 625 000 nafar maktab yoshidagi bolalar deyarli bir yilni maktabsiz o‘tkazdi. 7-oktyabr kuni Hamasning Isroil janubiga hujumiga javoban G‘azoga hujum boshlanganidan keyin maktablar yopildi. Isroil-Hamas urushiga barham berish bo‘yicha muzokaralar sustligi sababli ular qachon maktabga qaytishi noma’lum.

G‘azodagi maktab binolarining 90% dan ortig‘i Isroilning bombalashlari natijasida vayron bo‘lgan, ularning aksariyati BMTning Falastinliklar bo‘yicha agentligi tomonidan boshqariladi. YUNISEF va “Bolalarni asrang” tashkilotlari boshchiligidagi yordam tashkilotlari guruhi – Global Education Cluster'ga ko‘ra, taxminan 85% maktab shunchalik vayron bo‘lganki, ular kapital ta’mirga muhtoj, ularni qayta ishga tushirish uchun yillar o‘tishi mumkin. G‘azo universitetlari ham vayronaga aylangan. Isroilning aytishicha, Hamas jangarilari maktablarda yashiringan.

G‘azoning 2,3 millionlik aholisidan 1,9 millionga yaqini uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Ular suv yoki kanalizatsiya tizimi mavjud bo‘lmagan chodir lagerlariga yoki hozir boshpana sifatida xizmat qilayotgan BMT va hukumat maktablariga ko‘chib o‘tishgan.

Bolalarning oilalariga yordam berishdan boshqa iloji yo‘q

Mo‘min Qudahning aytishicha, urushdan oldin uning farzandlari maktabni yaxshi ko‘rar edi. “Ular yaxshi o‘qishardi. Biz ularni yaxshi tarbiyaladik”, deydi u.

U to‘rt o‘g‘li va qizi bilan shaharning sharqiy tumanlaridagi uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lganidan so‘ng Xon-Yunisdagi qabristondagi chodirda yashamoqda. Bolalar qabrlar yonida uxlashga qo‘rqishadi, deydi u, lekin boshqa iloj yo‘q.

Havo hujumlarida o‘lganlarning doimiy oqimi va vayron bo‘lgan binolarning ko‘pligi ularning kichik daromad manbai hisoblanadi.

Har kuni ertalab soat 7 da Qudah va uning bolalari vayronalar oralab yo‘lga tushishadi. Ishning so‘nggi kunida bolalar topgan narsalarini ko‘targancha, qoqilib-suqilib ortga qaytishadi. Qudahning sarg‘ish, jingalak sochlari changga belangan to‘rt yashar o‘g‘li beton bo‘lagini quchoqlab olgan edi. Chodirlari yonida ular cho‘kkalab o‘tirib, betonni maydalab kukunga aylantirishadi.

Bir necha soatlik ishdan so‘ng, ular yangi qabrlar qurishda foydalanish uchun kukun sotishdan taxminan 15 shekel (4 dollar) ishlab olishadi.

2014-yilda Isroilning Hamas bilan urushida yaralangan Qudah og‘ir ishni yolg‘iz o‘zi uddalay olmasligini aytadi.

"Qo‘llari shilinganini ko‘rganimda ular uchun yig‘layman", dedi u. Kechasi toliqqan bolalar og‘rig‘idan uxlay olmaydi, deydi u.

Яқин Шарқ ва Украинадаги уруш: Ғазода 1 ярим миллион аҳоли уйларини тарк этган
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:06 0:00

Bolalar yo‘qotilgan ta’limga chanqoq

Yordam guruhlari muqobil ta’lim yo‘llarini yaratish ustida ishlayapti, ammo natijalar cheklangan, chunki ular boshqa muammolar bilan ham band.

YUNISEF va boshqa yordam agentliklari 175 ta vaqtinchalik ta’lim markazlarini boshqarmoqda, ularning aksariyati may oyi oxiridan beri tashkil etilgan bo‘lib, 30 000 ga yaqin o‘quvchiga xizmat ko‘rsatadi va ularda 1200 ga yaqin ko‘ngilli o‘qituvchilar ishlaydi, deydi Ingram. Ular savodxonlik va hisoblash mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.

Ammo uning aytishicha, ular qalam, qog‘oz va kitob kabi narsalarni olishda qiynalmoqda, chunki yordam guruhlari G‘azoga yetarli miqdorda oziq-ovqat va dori-darmonlarni yetkazib berish uchun kurashayotgani sababli o‘quv qurollari hozir asosiy ehtiyoj emas.

Avgust oyida BMTning Falastinliklar bo‘yicha agentligi boshpanaga aylantirilgan 45 ta maktabda "o‘qishga qaytish" dasturini ishga tushirdi, ularda bolalar uchun o‘yin, drama, san’at, musiqa va sport kabi mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Maqsad "ularga dam olish, do‘stlari bilan topishish va shunchaki bola bo‘lish imkoniyatini berish", deydi matbuot kotibi Juliyeta Tuma.

Ta’lim falastinliklar uchun avval ham muhim maqsad bo‘lgan. Urushdan oldin G‘azoda savodxonlik darajasi deyarli 98% edi.

Ingramning aytishicha, u aprel oyida G‘azoga oxirgi marta tashrif buyurganida, bolalar unga maktab, do‘stlar va o‘qituvchilarni sog‘inganliklarini aytishgan. Darsga qaytishni qanchalik xohlayotgani haqida gapirayotganida bir bola birdan to‘xtab, undan: "Men qayta olaman, to‘g‘rimi?" deb so‘rab qoldi

"Bu savoldan yuragim ezildi", deydi Ingram.

Ota-onalar unga maktabdagi barqarorliksiz qolgan, ko‘chishlar, portlashlar, jarohat va o‘limlarni ko‘rayotgan bolalarning ruhiyati o‘zgarayotganini aytishdi. Ba’zilar g‘amgin bo‘lib qoladi, boshqalari oson hayajonlanadigan yoki salga xafa bo‘ladigan bo‘lib qolgan.

G‘azo maktablari o‘quvchilar o‘rniga uysiz oilalar bilan to‘lgan

Isroilning 11 oylik betinim hujumi G‘azoning katta qismini vayron qildi, to‘yib ovqatlanmaslik va kasalliklar sababli gumanitar inqiroz paydo bo‘ldi. G‘azo sog‘liqni saqlash rasmiylari aytishicha, 40 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan. Eng og‘ir zarbalar bolalarga tushmoqda. Ingramning aytishicha, G‘azodagi 1,1 million bolaning deyarli barchasi psixologik-ijtimoiy yordamga muhtoj.

Яқин Шарқ ва Украинадаги уруш: Ғазода 1 ярим миллион аҳоли уйларини тарк этган
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:06 0:00

Isroilning aytishicha, bu hujumlar Hamasni yo‘q qilish, jangarilarning 7-oktyabr kuni Isroil janubida 1200 ga yaqin odamni o‘ldirib, yana 250 kishini o‘g‘irlab ketgan hujumi takrorlanmasligini ta’minlash uchundir.

Mojaro G‘arbiy Sohilda falastinlik bolalarning ta’lim olishiga ham to‘sqinlik qildi, u yerda Isroil cheklovlarini kuchaytirdi va keng ko‘lamli reydlar o‘tkazdi.

"Oktyabr oyidan beri G‘arbiy Sohildagi maktablarning 8% dan 20% gacha yopildi", deydi Ingram. Maktablar ochiq bo‘lsa ham, borish qiyinligi yoki bolalardagi qo‘rquv tufayli davomat pasayadi, deydi u.

G‘azodagi ota-onalar aytishicha, tartibsizlik tufayli farzandlariga hatto norasmiy ta’lim berish ham qiyin.

Deyr al-Balah shaharchasidagi maktabda sinf xonalari oilalar bilan to‘lgan, ularning kirlari tashqarida zinapoyada osig‘liq turibdi. Chodirlar hovli bo‘ylab choyshablar va tayoqlar bilan qurilgan. “Bolalarning kelajagi yo‘qoldi”, deydi Umm Ahmad Abu Avja to‘qqiz nafar yosh nabiralari qurshovida. “O‘tgan yili o‘rganganlari butunlay unutilgan. Maktabga qaytishsa ham, boshidan boshlashlari kerak bo‘ladi."

XS
SM
MD
LG