Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida 8 mayga o‘tar kechasi ikki davlat fuqarolari sodir etgan tartibsizliklar paytida tahminan 60 odam jarohat oldi va ularning kamida 22 nafari og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizildi. Qirg‘iziston hududida bir yonilg‘i quyish shahobchasi, 3 konteyner, 2 do‘kon va 2 ta yuk avtomashinasi yoqib yuborildi.
Qirg‘iziston Chegara xizmati tarqatgan ma‘lumotda aytilishicha, tartibsizliklar qirg‘iz-tojik chegarasining Jaka O‘ruk deb ataluvchi hududida 7 may kuni kech soat sakkizlarga yaqin boshlangan va huquq-tartibot tuzilmalari 8 may kuni tungi soat uchlarga yaqin mazkur hududda nazorat o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan.
7 soat davom etgan tartibsizliklarda har ikki tomondan 1500 ming odam ishtirok etgani va Qirg‘iziston fuqarolaridan kamida 14 kishi jarohat olgani aytilmoqda. Ulardan 9 nafari Botken viloyat kasalxonasiga yotqizilgan. Bundan tashqari qirg‘iz rasmiylari 12 militsiya xodimi toshbo‘ronda qolib jarohatlangani, Botken tuman militsiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari Duyshen Niyazkulov boshidan jarohatlanib kasalxonaga yotqizilganini bildirmoqda.
-Ko‘kterak qishlog‘ining turg‘uni tartibsizliklar boshlanganida 16 kalibrdagi ov miltig‘i bilan qo‘qisdan o‘zini-o‘zi otib olgan. Toshbo‘ronda qolgan militsiya xodimlaridan 12 nafari shifokorlarga murojaat qilgan, -dedi Qirg‘iziston Bosh vaziri o‘rinbosari Abdrahman Mamataliyev.
Tojikiston tomonining bildirishicha, Vorux anklavida yashovchi 8 tojikistonlik og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan, ulardan biri qirg‘iz fuqarosining ov miltig‘idan otgan o‘qidan yarador bo‘lgan. Bundan tashqari bir nafar tojik militsioneri ham o‘qotar quroldan og‘ir yaralangani aytilmoqda.
Qirg‘iziston Chegara xizmati voqea joyiga yetib kelgan tojik va qirg‘iz chegarachilari olamonni to‘xtatish uchun osmonga qarata o‘q uzishga majbur bo‘lganini, biroq nizolashayotgan tomonlarni to‘xtatishga muvaffaq bo‘la olmaganini bildirgan.
Tartibsizliklarda Qirg‘iziston va Tojikiston bir-birini ayblamoqda.
“Ozodlik” radiosi tojik xizmatiga ma‘lumot bergan Isfara rasmiylaridan biri Sobir Safarov mast ahvolda bo‘lgan qirg‘iz yoshlaridan iborat guruh Vorux anklavida yashovchi fuqaroning mashinasini toshbo‘ron qilganidan so‘ng tartibsizliklar boshlanib ketganini aytgan.
Qirg‘iziston Bosh vaziri o‘rinbosari Abdrahman Mamataliyev “Ozodlik” radiosi qirg‘iz xizmatiga bergan ma‘lumotida esa voqeada tojik tomonini aybladi:
-Dastlabki ma‘lumotlarga qaraganda, nizo arzimas sababdan kelib chiqqan. Daniyar Sulaymanov nomli fuqaromiz Tojikistonning Xo‘jaa‘lo qishlog‘idan mashinasida kelayotganida uning mashinasini bir ayol to‘xtatadi. Bu ayolni mashinasiga olib, yo‘lda kelayotsa, uni tojik militsioneri to‘xtatadi va “Bu yerda nima qilib yuribsan” qabilida so‘roqqa tutadi. Shu asnoda ular janjallashib qolishgan. Tojik militsioneri telefon qilib qo‘ygan bo‘lsa kerak, yo‘lning muyulishida to‘plangan bir guruh tojik fuqarolari toshbo‘ronni boshlab yuboradi. Shundan so‘ng qirg‘iz tomonidan ham odamlar to‘planib, tartibsizlik boshlanib ketgan, -dedi Abdrahman Mamataliyev.
8 may kuni Qirg‘iziston parlamenti qirg‘iz-tojik chegarasida sodir etilgan bu voqea yuzasidan yopiq eshiklar ortida tinglov o‘tkazdi. So‘nggi ma‘lumotlarga qaraganda, tinglovda Qirg‘iziston ichki ishlar vaziri Abdulla Suranchiyev Tojikiston tomoni o‘t qo‘yib yuborilgan 3 konteyner, 2 do‘kon va 2 yuk avtomashinasi uchun tovon puli to‘lab berishga rozi ekanini aytgan. Shuningdek, ichki ishlar vaziri tojikistonliklarni fitna uyushtirganlikda gumon qilmoqda.
Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev esa parlament muhokamasida tartibsizliklarga ikki davlat o‘rtasidagi chegara chizig‘ining aniqlanmagani ortidan mazkur hududning yetarli darajada qo‘riqlanmayotgani sabab bo‘lganini bildirdi.
Huquq-tartibot tuzilmalari voqea sodir bo‘lgan hududdagi vaziyat nazorat ostida ekanini bildirmoqda. Biroq Botkenda bir guruh qirg‘izistonliklar bo‘lib o‘tgan voqealarga norozilik sifatida Tojikistonning Isfara tumaniga eltuvchi yo‘llarni yopib qo‘ygani xabar qilindi.
So‘nggi bir necha oy ichida Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida o‘nga yaqin katta va kichik nizolar sodir etildi. Shu yilning 11 yanvarida qirg‘iz-tojik chegarasida ikki davlat harbiylarining o‘zaro nizolashuvi oqibatida Qirg‘izistonning 5, Tojikistonning 3 chegarachisi yarador bo‘lgan edi.