Tadbirkor Zuhra Muqimova: “Hokim o‘rinbosari va’da berib, lafzida turmadi!”

Uzbek banner - Open-microphone

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida yashaydigan tadbirkor ayol Zuhra Muqimovaning OzodMikrofonga arz qilishicha, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari 27 aprel kuni o‘tkazilgan majlisda Qarshidagi “Vatanparvar bog‘i”ni obodonlashtirish uchun tadbirkorlarni homiylikka majburlagan.

2016 yildan buyon Yakkabog‘ tuman hokimi tasdiqlagan, davlat dasturiga kiritilgan avtomobillarga metan gazi quyish shoxobchasi loyihasini Zuhra Muqimova viloyat hokimidan tasdiqlata olmaganidan so‘ng, o‘sha majlisda “mayli men 10 million so‘m o‘tkazaman, lekin siz shu loyihani hokimdan tasdiqlatib bering”, deganda hokim o‘rinbosari va’da bergan.

Ammo, deydi, Zuhra Muqimova hokim o‘rinbosari erkak bo‘la turib, o‘z va’dasida turmadi va mening o‘nlab odamlarni ish bilan ta’minlay oladigan loyihamni tasdiqlatmadi.

Tadbirkor fikricha, prezidentning tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash haqidagi gaplarini viloyat hokimi nazar-pisand qilmayapti va uning arzlari prezidentgacha yetib bormayapti.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Tadbirkor Zuhra Muqimova: “Hokim o‘rinbosari va’da berib, lafzida turmadi!”

----------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilaëtgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!