Xorazm viloyatining Gurlan tumanidan qo‘ng‘iroq qilgan 70 yashar Aminboy akaning OzodMikrofonga aytishicha, u Amudaryoda suv sathi pastligi sabab dehqonlarning sholi ekish muddati kechikib ketayotgani haqida prezident portaliga juda ko‘p marta shikoyat qilgan.
Lekin, deydi dehqon, har safar qilingan qo‘ng‘iroqlarga soz (musiqa, Xorazm shevasida - tahr.) ulab qo‘yishadi va shikoyatchilar o‘z dardini aytolmay qolmoqda.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
Ayni paytda...
Prezident Shavkat Mirziyoev 29 may kuni o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Jizzax va Sirdaryoda xorazmliklar hamda qoraqolpog‘istonliklarga sholi ektirish haqida ko‘rsatma berdi.
"Qoraqalpog‘iston va Xorazmdan odam olib kelib, Jizzax va Sirdaryoda sholi ektiramiz, chunki bu odamlarga kerak",- degan prezident.
Shu maqsadda suv ta’minotida muammo bo‘lmagan Sirdaryo viloyatida 7,5 ming gektar yerni Xorazm viloyati fermerlariga, Jizzax viloyatida 5,5 ming gektar yerni Qoraqalpog‘iston fermerlariga takroriy ekin sifatida sholi ekish uchun beriladi.
Ayni paytda suv tanqis bo‘lgan viloyatlarda sholi ekiladigan 162 ming gektar yer 94 ming gektarga qisqartiriladi.
Yig‘ilishda suv tanqisligi kutilayotgan Qashqadaryo viloyatida takroriy ekin maydonlari 30 ming gektarga, Samarqand viloyatida 42 ming gektarga, Buxoro viloyatida 20 ming gektarga, Navoiy viloyatida 14 ming gektarga va Qoraqalpog‘istonda 10 ming gektarga kamaytirilishi ma’lum qilindi.
Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.
SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.
OzodMikrofon sizga muntazir!
OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!