OzodMikrofon: O‘zbekning mashhur adiblari o‘qigan maktab buzib tashlandi

Boysunda buzib tashlangan "Motamsaro ona" haykali majmuasi

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidan qo‘ng‘iroq qilgan 70 yashar Zar Sobirovning arz qilishicha, tuman hokimi Ikkinchi jahon urushining 2000 nafar qurbonlari nomlari zikr etilgan “Motamsaro ona” haykali majmuasi va O‘zbekistonning atoqli adiblari Shukur Xolmirzaev, Usmon Azim, Erkin A’zam va taniqli rassom Ro‘zi Choriev o‘qigan, 1929 yilda qurilgan tarixiy maktabni buzdirib tashlagan.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

OzodMikrofon: O‘zbekning buyuk adiblari o‘qigan maktab buzib tashlandi

“Shunday buyuk adiblarimiz o‘qigan maktab tarixiy imorat sifatida saqlanib qolishi, u restavratsiya qilinib, muzeyga aylantirilishi kerak edi. Motamsaro ona haykalichi, ko‘z oldimda majaqlab tashlashdi. Axir, urush qurbonlarining ruhlari chirqillab qoldiku. Uning joyi savdo do‘konlari yoki boshqa imoratlarga kerak ekan”, degan Zar Sobirov bir qancha suratlarni Ozodlikka taqdim etdi.

Boysunda buzib tashlangan "Motamsaro ona" haykali majmuasi

Boysunda buzib tashlangan "Motamsaro ona" haykali majmuasi

----------------------------------------------------------------------------------------

​Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!