Surxondaryo viloyat, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 3-maktab o‘qituvchisi Rashid Murodov OzodMikrofonga murojaat qilib, o‘quvchilar orasida nomusga tegish ko‘payotganidan xavotir bildirdi.
56 yashar Rashid Murodov Ozodlikka jarqo‘rg‘onlik 24 nafar ota-ona nomidan murojaat qilganini aytdi:
- Men o‘zim 3-maktabda o‘qituvchilik ham qilaman. Shu maktabning 9-sinfida qizim o‘qiydi. Sizlarga ota-onalar nomidan murojaat qilayapmiz. Bizning maktabda ikki yil oldin 7-sinfda o‘qiydigan qiz farzandlik bo‘ldi. Lekin rahbarlar buni hech qaerga chiqarmadi, yashirdi bu narsani. Keyin yaqinda 9-sinf qiz bola nomusi buzilgani aniqlandi. Lekin rahbarlar buni yana yashirdi. Ana shundan keyin biz ota-onalar xavotirga tushib, sizlarga murojaat qilayapmiz.
Rashid Murodov suhbat davomida ushbu holat uchun ota-onalardan tortib, maktab rahbariyatigacha aybdor ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, Murodov o‘qituvchilarning savodsizligiga ham to‘xtaldi.
Rashid Murodov bilan suhbatni quyida to‘liq tinglashingiz mumkin:
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
********************************************************
Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.
SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.
OzodMikrofon sizga muntazir!
OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!