Andijon viloyat, Asaka tumanida yashaydigan, 20 may kuni jazo muddatini o‘tab chiqqan sobiq mahkum Dilmurod Alimovning OzodMikrofonga arz qilishicha, u Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi 46-sonli manzil koloniyada qariyb to‘rt oy teri kasalligidan azob chekkan bo‘lsa-da, uni kasalxonaga yotqizishmagan:
“Men duxturga aytdim, “siz mening bir kecha tortgan azobimni tasavvur qila olasizmi. Toki badanimdagi yaralarni qashlab qon chiqarmaguncha uxlay olmayman”. Toshkent shahridagi teri-tanosil kasalliklari shifoxonasi do‘xtiri esa bu gaplarimga pinagini ham buzmadi. To‘rt oy shu darddan azob chekdim. 20 mayda ozodlikka chiqqanimdan so‘ng davolandim”.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
-----------------------------------------------------------------------------------------------
Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.
SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.
OzodMikrofon sizga muntazir!
OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!