O‘zbekistonlik sotsiolog Kamoliddin Rabbimov O‘zbekistonning So‘x eksklavida tadqiqotlar o‘tkazgan - mintaqani yaxshi biladi. Shuning uchun uni OzodNazarga taklif qilib, So‘xda yillar davomida tez-tez takrorlanib turadigan mojarolar sabablari va muammoning ehtimoliy yechimlari to‘g‘risidagi fikrlarini so‘radik.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Qubatbek Bo‘ro‘nov bilan 1 iyunda uchrashib, ikki davlat chegarasida 31 may kuni yuz bergan mojaro yuzasidan birgalikda tekshiruv o‘tkazishga kelishib oldi.
Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Aripov va Bo‘ro‘nov “hodisa yuzasidan taassuf bildirishib, vaziyatni izga solish uchun birgalikda chora ko‘rish, eskalatsiyaga yo‘l qo‘ymaslik va chegaraoldi hududidagi taranglikni ketkazish bo‘yicha fikrlarini bildirishgan”.
31 may kungi voqealar davomida, Ozodlik muxbiriga ko‘ra, O‘zbekiston tomonida 2 ta, Qirg‘iziston tomonida 1 ta uyga o‘t qo‘yilgan. Har ikki tomonda jami 200 dan ortiq kishiga tan jarohati yetgan.
Eshittirish davomida Fransiya maktablari nega ochiliboq qayta yopib qo‘yilgani hamda O‘zbekiston aholisi tarkibida nega bolalar mutlaq ko‘pchilikni tashkil qilayotgani haqida ham so‘z bo‘ladi.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди