Qashqadaryo viloyat, Koson tuman tug‘ruqxonasida 30 may kuni qiz farzand ko‘rgan Zilola Xolnazarovaning OzodMikrofonga arz qilishicha, hamshiralar mas’uliyatsizlik qilib, unga emizgani boshqa bolani bergan.
“O‘zim Muborak tumanida yashayman, uyimizga yaqinroq bo‘lgani uchun Koson tug‘ruqxonasiga 30 may kuni olib kelishgan edi. O‘sha kuni kechasi qiz farzand ko‘rdim. Emizdim, keyin mazam bo‘lmagani uchun chaqaloqni olib chiqib ketishdi. Ertasi kuni emizgani chaqaloqni olib kelishdi. Emizib bo‘lganimdan so‘ng, tagini almashtiray deb qarasam, o‘g‘il bola ekan. Bolaning qo‘lida uning kimligi yozilgan birka ham yo‘g‘ ekan. Bunaqada bolalar almashib ketmaydimi? Hamshira va do‘xtirlarga nega bunaqa qildingiz deb so‘rasam, “ha, chaqaloqlarning almashib qolishi tabiiy holat, hech narsa qilmaydi, deb bemalol javob berishdi. Bu qanaqasi bo‘ldi, birovning bolasini boshqasi emizib ketaverar ekanda?!”
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
-----------------------------------------------------------------------------------------------
Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.
SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.
OzodMikrofon sizga muntazir!
OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!