Bu gap prezidentning qulog‘iga yetganidan keyin voqea o‘z bahosini oladi va shundan keyin qahramonlar ko‘payib ketadi. Birdaniga aybdorlarni topqichlar chiqadi. Ularni qoralovchilar chiqadi. Lekin hozir inida yotgan jurnalistlarga, katagiga kirib ketgan blogerlarga aytmoqchiman: tashqariga chiqing, aql bovar qilmaydigan ish bo‘ldi bu. Bu ish jurnalistika tarixida juda og‘ir jinoyat sanaladi. Agar shuni tushunib yetsangiz, yangi O‘zbekiston prezidenti siyosatiga qo‘shilgan bo‘lasiz.
OzodNazarning bugungi soni publitsist Sharof Ubaydullayevning shu so‘zlari bilan tugadi. Suhbatdoshimiz qaysi voqeani “jurnalistika tarixidagi juda og‘ir jinoyat” deb bilayotganini suhbatni tinglash davomida bilib olasiz.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди