Surxondaryo viloyat, Termiz shahridan “OzodMikrofon”ga arz qilgan, ismi sir qolishini so‘ragan tadbirkorlardan birining aytishicha, tadbirkorlar kuz-qish mavsumida gaz bo‘lmasligidan ogohlantirilib, ularga ko‘mir, o‘tin va boshqa yoqilg‘i turiga o‘tish tavsiya etilgan.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
“Biz, Termiz shahridagi kafe, oshxonalar egalari besh oylik karantindan chiqib, endi ish boshlaganimizda yangi muammo paydo bo‘ldi. Endi bir oy ishlamay Termiz shahargaz tomonidan 2020-2021 yil kuz-qish mavsumida gaz yetkazib berilmasligi haqida ogohlantirish xati oldik. Elektr toki bilan ishlaylik desak, unga ishonch yo‘q, o‘chib qolaveradi. Gaz ballonga o‘taylik desak, nafaqat tadbirkorlar, balki aholining gaz ballonlarini to‘ldirib beradigan shoxobchaning o‘zi yo‘q. Biz nima qilaylik endi, shunday ham pandemiya davrida besh oy ishlamadik.
Har kubmetr gazga 1000 so‘mdan to‘laysizlar, qish payti ham gaz uzilmaydi deyishgan edi, mayli dedik, to‘layapmiz. Schetchik qo‘yinglar dedi, qo‘ydik. Shuncha gaz konlari ochilyapti, o‘zimizning mamlakatdan chiqadigan gazga nega yolchimaymiz? Davlat rahbarlari xalqning karantinda qanchalik qiynalganini nega o‘ylamaydi?”
-------------------------------------------------------------------------------
Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.
SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.
OzodMikrofon sizga muntazir!
OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!