Qashqadaryo viloyat, Koson tumanidagi 12-umumta’lim maktabining ingliz tili o‘qituvchisi Dildora Hakimovaning arz qilishicha, u darslarning o‘tilmay qolayotgani, maktab sinfxonalarining sovuqligi va boshqa kamchiliklar haqida shikoyat qilgani uchun tuman prokuraturasi xodimi va tuman XTB mudiri va tuman hokimining yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan bosimga uchramoqda:
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
“Maktabdagi kamchiliklar haqida tuman XTBga murojaat qilgan edim. XTB mudiri Soyib Davidov va kadrlar bo‘yicha mutaxassis kelib o‘rgandiyu, lekin ochiq qoldirdi. Viloyat XTBdan kelgan mutaxassis kelib, holatni xolisona o‘rganib kamchiliklarni aniqladi va direktorga nisbatan ikki marta intizomiy chora ko‘rdi. 16 - dekabr kuni men Koson tumani prokuraturasiga chaqirishib, men hech qayerga boshqa murojaat qilmasligimni, agar murojaat qilsam o‘zimga nisbatan jinoiy javobgarlikkacha ish ochilishi mumkinligi aytilib, tahdid qilindi. Men o‘quvchilarning ta’lim olishdagi kamchiliklarni aytgan edim, darslar o‘tilmay sovuqda o‘quvchilar ko‘chada yurgani, 135 million so‘m davlatimiz ajratgan bo‘lsa-da, sinfxonalar isitilmayotgani, bolalar kurtkada o‘tirib dars o‘qiyotgani, bolalar huquqi poymol etilib ularga kamchilik haqida gapirmaslik uqtirilgani kabi holatlarni tanqid qilgan edim. Lekin ayni paytda, men tuhmatchiga chiqarib, ishdan haydash harakatini qilishyapti, tuman hokimining yoshlar ishi bo‘yicha o‘rinbosari esa o‘zingni va bolalaringni o‘yla deb, jonimizga tahdid qilyapti”.
-------------------------------------------------------------------------------
Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.
SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.
OzodMikrofon sizga muntazir!
OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!