Qashqadaryo viloyat, Chiroqchi tuman, Chiljuvit qishlog‘ida yashaydigan Shohida Karimova OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilib, 22 - aprel kuni oilasi bilan ko‘chada qolishi mumkinligidan xavotir bildirdi.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
44 yashar Shohida Karimovaning aytishicha, u MIBning Chiroqchi tumni bo‘limidan 22 - aprel kuni uyi buzilishi haqida ogohlantirish xati olgan:
“Men erim bilan “Murodov Sharofiddin Baratovich” fermer xo‘jaligida o‘tgan yilgacha ishlab keldim. O‘tgan yili tuman hokimi suv chiqmaydigan yerga paxta ekasan dedi. Biz, kuchimiz yetmaydi, ekolmaymiz dedik. Keyin hokim yerimizni olib qo‘yib, “Rahim” fermer xo‘jaligiga qo‘shib yubordi. 28 gektarga g‘alla, 26 gektarga paxta ekuvdik. Yerimizni olib qo‘ygan bo‘lsa ham, o‘z cho‘ntagimizdan rasxod qilib, g‘alla va paxtani yetiltirib topshirdik. Keyin MIB xodimlari kelib yerimizni olib qo‘ydi. Bir so‘m ham daromad qilmadik. Shuncha yil ishlab, lalmi suvsiz yerdan yashash uchun to‘rt xonali uy qurgan edik. Uchta bolam va erim bilan o‘sha yerda yashab turgan edik. To‘g‘ri, kadastr qilmaganmiz, hokim qilib bermagan, hujjati yo‘q. Ertaga MIB militsiya bilan kelib o‘sha uyimni buzib tashlar ekan. Menga yordam beringlar, bolalarim bilan ko‘chada qolaman, boshqa uyim joyim yo‘q. Atrofda menga o‘xshab hujjatsiz qurilgan uylar ko‘p, lekin fermerning da’vosi bilan faqat mening uyimni buzishmoqchi”.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
****************************************************************
Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.
SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.
OzodMikrofon sizga muntazir!
OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!