Rossiyani chetlab o‘tuvchi yo‘lak va "Turkiy dunyo". Bishkekdagi TDT sammiti

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov Bishkek sammitida. 6-noyabr, 2024-yil.

Transport-logistika aloqalarini mustahkamlash, jumladan Rossiyani chetlab o‘tgan holda Xitoydan Yevropaga eltuvchi yo‘nalishni rivojlantirish Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ning ustuvor vazifalaridan biri deb ataldi.

Tashkilotning 6-noyabr kuni Bishkekda o‘tkazilgan sammitida Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev TDT a’zolarini Markaziy Osiyo, Kaspiy dengizi va Janubiy Kavkaz orqali o‘tuvchi yo‘lak salohiyatidan foydalanishga chaqirdi.

– Turkiy dunyoning iqtisodiy taraqqiyoti uchun strategik ahamiyatga ega “O‘rta yo‘lak” salohiyatidan to‘la-to‘kis foydalanish zarur. Shu munosabat bilan mazkur yo‘nalishda yuk tashishni barqaror rivojlantirishni ta’minlovchi bitim imzolashga ehtiyoj bor deb o‘ylaymiz. Umid qilamanki, a’zo davlatlar ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaydi, – deya Toqayevdan iqtibos keltirmoqda uning matbuot xizmati.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Туркий давлатлар ташкилоти Ўзбекистон ва қўшнилар муаммосини еча оладими?

Oqo‘rda xabariga ko‘ra, Toqayev “turkiy dunyoning yagona axborot makonini yaratish uchun kabel telekanallarining o‘zaro ko‘rsatuv uzatishini yo‘lga qo‘yish”ni ham taklif qilgan.

Turkiy davlatlar tashkilotining evrilishi manzarasida “turkiy dunyo” iborasi so‘nggi yillarda tobora ko‘p qo‘llanmoqda. Tuzilma 2009-yilda Turkiy kengash nomi bilan ta’sis etilgan bo‘lib, iqtisodiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek a’zolar o‘rtasida til aloqalari va tarixiy aloqalarni mustahkamlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi. Keyinroq alyans harbiy va siyosiy hamkorlikni ham kun tartibiga kiritib, o‘z faoliyat doirasini kengaytirdi. 2021-yilda birlashma nomi Turkiy davlatlar tashkiloti deb o‘zgartirildi. Tashkilot a’zolari Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkmanistondan iborat.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Самарқанд саммити: Мирзиёев туркий давлатлар лидерларини кутиб олмоқда

G‘arb OAVlarida qayd etilishicha, TDT Markaziy Osiyo mamlakatlariga mintaqada sezilarli ta’sirga ega bo‘lgan Rossiya yetakchiligidagi tashkilotlarni muvozanatda tutishda yordam bermoqda. TDTning eng muhim kuchi bo‘lmish Turkiya boshqa a’zo mamlakatlar bilan hamkorlikni kengaytirmoqda.

Anqaraning tashkilotga a’zo davlatlar bilan tovar aylanmasi 2015-yildan beri ikki baravarga oshib, 12,6 milliard dollarga yetgan.