Линклар

Шошилинч хабар
30 декабр 2024, Тошкент вақти: 21:12

Azizbek Haydarov ham Janubiy Koreyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi


Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Azizbek Haydarov.
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Azizbek Haydarov.
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 11 sentabr kuni Janubiy Koreya termasiga qarshi o'yinda yana bir asosiy o'yinchisiz maydonda tushadi. Terma jamoa yarim himoyachisi Azizbek Haydarov to'liq tuzalib ulgurmagan jarohati tufayli ushbu ahamiyatli o'yinni o'tkazib yuborishga majbur.

Bu haqda futbolchining agenti San'at Sharipov o'z Twitter sahifasida ma'lum qildi.

- Aziz Haydarov 11 sentyabr kuni [Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi] o'ynamaydi. 10 sentabr kuni [Haydarov] Parijda doktor Le Pikkard qabulida bo‘ladi so'nggi tekshiruvda bo'ladi, deb yozdi futbol agenti.

Haydarovga tezroq sog'ayib ketishni tilab qolgan agent Sharipov futbolchining qachon maydonga tusha olishi doktor ko'rigidan so'ng ma'lum bo'lishini aytdi.

2009-2011 yillarda Toshkentning "Bunyodkor" klubida o‘ynagan, so'ngra Birlashgan Arab Amirliklarining "Al Shabob" klubiga o‘tgan Azizbek Haydarov bir necha oy oldin oyog'idan jarohat olgan edi.

Iyun boshida o‘tgan O‘zbekiston-Eron uchrashuvidan so‘ng jarohati kuchayib ketgani sabab futbolchi Parijdagi "De Bersi" klinikasida jarrohlik stoliga yotgan.

Avvalroq Yevropa Ligasi uchrashuvlarida jarohat olgan O'zbekiston terma jamoasi a'zosi, "Anji" futbol klubi o'yinchisi Odil Ahmedov ham 11 sentabr kuni Toshkentda o'tadigan O'zbekiston-Janubiy Koreya uchrashuvini o'tkazib yuborishi ma'lum bo'lgandi.

Eslatamiz, Janubiy Koreya termasiga qarshi o'tadigan uchrashuv 2014 yilgu Jahon chempionati salarsh bosqichi o'yinlari doirasida o'tkaziladi.

So'nggi bosqichga chiqa olgan O'zbekiston terma jamoasi "A" guruhida Janubiy Koreya, Iroq, Livan hamda Qatar jamoalari bilan bellashmoqda. Ikki uchrashuvda bir ochko to'plagan O'zbekiston guruhda to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.
XS
SM
MD
LG