Линклар

Шошилинч хабар
24 декабр 2024, Тошкент вақти: 04:59

OzodMikrofon: Hokimlarning xodimlarni tahqirlashga nima haqqi bor?


OzodMikrofon ga qo‘ng‘iroq qilgan farg‘onalik pochta bo‘limi boshlig‘i viloyat hokimining zo‘ravonligidan arz qildi. Uning aytishicha, hokim unga savol bergan odamlarning hammasini haqorat qilib, tahqirlaydi va jazolash uchun militsiya xodimlarini yuboradi. Qo‘qonlik 2-guruh mehnat nogironi esa u kabi nogironlar bepul davolanish huquqidan mahrum qilinganidan shikoyat qildi.

"Ko‘chalarimiz ta’mirga muhtoj deb aytganim uchun hokim meni haqorat qildi!"

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani Soybo‘yi pochta bo‘limi boshlig‘i Mamasoli Toshalievning OzodMikrofon ga iddao qilishicha, o‘tgan yilning 19 noyabrida tumanda o‘tkazilgan yig‘ilishda u ijtimoiy muammolarni ko‘targani uchun, Farg‘ona viloyati hokimi uni hammaning oldida haqorat qilib tahqirlagan. Toshaliev, hokimning zo‘ravonligi ustidan rasmiy idoralarga shikoyat qilib javob ololmaganidan so‘ng, Ozodlikka arz qilishga majbur bo‘lganini aytdi:

Ёзёвон тумани Сойбўйи алоқа бўлими бошлиғи Мамасоли Тошалиев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:09 0:00
Бевосита линк

"Eng so‘nggi imtiyozdan ham mahrum bo‘ldik"

Qo‘qon shahri, Yangi Chorsu ko‘chasi, 148 uyda istiqomat qiladigan 2-guruh mehnat nogironi Tursunboy Haydarovning OzodMikrofon ga aytishicha, u kabi nogironlar davolanishi uchun shu paytgacha tekin bo‘lgan Farg‘ona tumanining Vodil qishlog‘ida joylashgan urush va mehnat faxriylari shifoxonasi endi pullik qilib qo‘yilgan:

Қўқонлик 2-гуруҳ меҳнат ногирони 69 яшар Турсунбой Ҳайдаров билан суҳбат.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:38 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG