Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:27

Prezidentning Kosondagi vakili Prezidentga shikoyat qilgani uchun dehqonni haqoratladi


Ozodlikka kelgan audiofaylda Qashqadaryo viloyat, Koson tuman hokimi Baxtiyor Rajabovniki ekanligi iddao qilingan ovoz egasi noma’lum bir shaxsni uyat so‘zlar bilan haqoratlayotgani yozilgan.

Audioda aks etgan voqeaning guvohlari haqoratlanayotgan shaxs Prezident portaliga shikoyat qilgani uchun hokimning g‘azabiga uchraganini aytdi.

Ozodlik joriy yil bahorida Koson tuman hokimi ustidan kelgan boshqa bir shikoyat to‘g‘risida xabar bergan edi. Bugun ma’lum bo‘lishicha, o‘shanda hokimdan kaltak yeganini iddao qilgan shaxs sudga ham murojaat qilgan va sud arizachining o‘zini aybdor, deb topgan.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:15 0:00
Бевосита линк

"Hayvon", "ko‘tan" va boshqa so‘zlardan iborat audiohaqorat

Ozodlikka kelgan 40 sekundlik qisqagina audioda Koson tuman hokimi Baxtiyor Rajabovniki ekanligi iddao qilingan ovoz egasi, aftidan, oldida turgan noma’lum bir shaxsga qarata bunday deydi:

“San hayvonsan. Man saning ko‘taningni sug‘urib olaman shu payt. Yozovurasan hokimni tilga olib. Q...imni yeysan. Akangam, ukangam, manga ... (tushunarsiz) ... beradigani hali onasini ...dan tug‘ilgani yo‘q. Tushundingmi? Man san hayvonga yordam qilaman, deb, akangga iltimos qilib, shunga ber, bitta qorindan tug‘ishgansan, deb yotsam, akamdan pul olgan, deb yozasan?! Mana, Qur’on urdimi? Hali sani ham uradi. Man sanga aytyapman. Qara ana, ozibgina qopsanku q...qa o‘xshab. Bundanam battar bo‘lasan. Chunki san muttahamsan. Pulni san opqo‘ygansan, man emasman”.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:40 0:00
Бевосита линк

Audioni Ozodlikka jo‘natgan kosonlikning aytishicha, "ovoz Koson tuman hokimi Baxtiyor Rajabovniki, voqea joriy yil yozida bo‘lgan". Aytilishicha, haqorat eshitgan yigit hokimdan yer so‘ragan va rad javobini olgach, Prezident nomiga shikoyat yozgan. Mojaroning boshqa tafsilotlari ma’lum emas.

Voqea guvohlarining aytganlari

Ozodlik aynan shu janjalga beixtiyor guvoh bo‘lib qolgan ikki kosonlik ayol bilan gaplashdi. Biri yoshi 40 lardagi, ikkinchisi 25 yoshdagi bu ikki ayol bir-biridan mustaqil ravishda bir xil gapni aytdi. Ikkalasi ham voqeaning yozda bo‘lganini aytarkan, aniq sanani eslay olmadi.

Yoshi 40 lardagi ayol o‘sha kuni hokimlikka yer so‘rab, yoshi 25 dagi ayol esa, ish so‘rab borgani ma’lum bo‘ldi.

Ikkala ayol ham hokim kosonlik bir yigitni hokimlik binosi eshigi oldida, 4-5 kishining orasida so‘kayotganiga guvoh bo‘lganini, hokimning og‘zidan uyat so‘zlar chiqayotgani uchun avvaliga o‘zlarini biroz chetga olganini, keyin esa, hokimlikka kirish fikridan voz kechib, ketib qolganlarini aytdi.

“Hokimimizning hatto ko‘rinishiyam qo‘rqinchli, iltimos, ismimni aytmang, ovozimni ham eshittirmang”, dedi yoshi 25 dagi voqea guvohi.

Yoshi 40 lardagi guvoh ayoldan ham shunga o‘xshash gapni eshitdik.

Hokimning yordamchisi bilan qisqa muloqot

Koson tuman hokimi Baxtiyor Rajabovning yordamchisi Sherali (familiyasini aytmadi) boshlig‘ining kabinetda yo‘qligini aytgach, Ozodlik muxbiri unga murojaat sababini tushuntirdi. Barcha gapni eshitgach, yordamchi xayrlashmayoq aloqani uzib qo‘ydi.

Hokim bahorda gapirgan edi

Ozodlik Koson hokimi Rajabov bilan joriy yil bahorida boshqa bir janjal munosabati bilan gaplashgan edi.

O‘shanda Koson tuman, Koson qishloq fuqarolar yig‘ini, Xalqobod qishlog‘ida yashovchi 27 yashar Bekzod Husenov 14 may kuni uni Koson tuman hokimi Baxtiyor Rajabov hokimlik binosida, o‘zining xizmat xonasida kaltaklaganidan shikoyat qilgan edi.

Ozodlikning Bekzod Husenovning shikoyatidan paydo bo‘lgan barcha savollariga Baxtiyor Rajabov batafsil javob bergan edi.

“Hokim meni bir urib yiqitdi va so‘ngra o‘n martacha tepdi. Yirtilib ketgan ko‘ylagim o‘rniga boshqa ko‘ylak berdi”, deb shikoyat qilgan edi o‘shanda Bekzod Husenov.

Baxtiyor Rajabov esa, “O‘zi zo‘rg‘a turibdiyu uning nimasini uraman?!” degan, lekin yigitga yangi ko‘ylak berganidan tonmagan edi.

Huquqbuzarga aylangan jabrlanuvchi?

25 dekabr kuni kelgan audio bilan bog‘liq voqeani o‘rganar ekanmiz, Bekzod Husenov bilan yana bog‘landik va joriy yil 10 iyulida uning hokim ustidan yozgan arizasi sudda ko‘rib chiqilgani va sud uning o‘zini aybdor topgani ma’lum bo‘ldi.

Kosonlik Bekzod Xusenov ishi bo‘yicha sud qarori
Kosonlik Bekzod Xusenov ishi bo‘yicha sud qarori

Kosonlik Bekzod Xusenov ishi bo‘yicha sud qarori (davomi)
Kosonlik Bekzod Xusenov ishi bo‘yicha sud qarori (davomi)

Sud qaroriga ko‘ra, jabrlanuvchi sifatida hokim ustidan arz qilgan fuqaro Husenov, aksincha, “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40- moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor”, deb topilgan.

Sud qaroridan paydo bo‘lgan savollarni Bekzod Husenovga berdik:

- Sizni hokim sudga berganmi yoki siz hokimni sudga berganmisiz?

- Men hokimni sudga berganman. Tibbiy ekspertizadan o‘tib, ariza berganman. Ish mening arizam bo‘yicha ko‘rilgan.

- Sud qarori mazmuniga ko‘ra, sizning ustingizdan ariza berilganku?

- Hokim tanish-bilish qildida. Meni tuhmatchilikda ayblashdi.

- Sizning arizangizdan keyin, balki, hokim ustingizdan to‘sma ariza bergandir?

- Yo‘q. Mening ustimdan ariza bo‘lmagan. Undan tushuntirish xati olgan paytda u menga tuhmat qilayapti degan. Shuning uchun chorani menga ko‘rishdi, dedi Bekzod Husenov.

Shuni aytish kerakki, Koson hokimining Bekzod Husenov bilan bog‘liq mojarosi aynan shu amaldor bilan bog‘liq Ozodlik bu yil yoritgan birinchi mojaro emas.

Koson tumanida fermerlik qilib kelgan O‘ktam Eshmurodov dalasidagi shiyponda o‘zini osib qo‘ygani to‘g‘risida Ozodlik 20 iyulda xabar qilgan. Fojea to‘g‘risidagi ma’lumotni Ozodlikka yetkazgan kosonliklar iddaosicha, 43 yashar fermer bug‘doy rejasini bajara olmagani uchun hokimdan kaltak eganidan so‘ng o‘zini o‘ldirgan.

Hokimlarning oddiy fuqarolarga qo‘l ko‘tarishi, ularni haqoratlashi yillardan buyon davom etayotgan hodisaga aylanib ulgurgan. Bu haqda keyingi bir yilda mahalliy axborot vositalari ham yoza boshladi.

Hokimlarning zo‘ravonligidan jahli chiqqan Prezident ularga cheksiz vakolatlar berdi

Hokimlarning zo‘ravonligi to‘g‘risida 22 dekabrda parlamentga qilgan murojaatida prezident Mirziyoev ham gapirdi.

“Odamlarni haqorat qilishga kim hokimlarga huquq berdi?!” deb xitob qildi prezident jahl bilan.

Мирзиëев: Ҳокимга ким ҳуқуқ берди бировни ҳақорат қилишга?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:38 0:00

Lekin ayni paytda, o‘sha nutqining o‘zidayoq Prezident hokimlarni muhokama qilishga hech kimning haqi yo‘q, degan fikrni ham aytdi:

- Hokim – Prezident vakili. Hokimni muhokama qilishga, anavi o‘tirgan noinsoflarning, hech kimning haqi yo‘q. Hokim – Prezidentning konstitutsiyaviy vakili. Hokimning aybi bo‘lsa, manga yozasan, - dedi prezident Mirziyoev.

XS
SM
MD
LG