Bu yil Qashqadaryo viloyatida g‘alla o‘rimini nazorat qilishga avvalgi yillardagi va boshqa viloyatlardagidan farqli o‘laroq ichki ishlar organlarining ayol xodimlari ham jalb etildi.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasining anonim xodimidan olingan bu xabarni boshqarmaning rasmiy vakili tasdiqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, IIV tarkibidagi ikki boshqarma boshqa vazirliklarga o‘tkazib berilgani tufayli ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi qisqargan va oqibatda g‘alla o‘rimini nazorat qilishga xodimalarni ham jalb etish zarurati tug‘ilgan.
Fermerlarning aytishicha, g‘alla hosilini yig‘ib olishni nazorat qilishdan tashqari bu jarayonni boshqarish ham ichki ishlar xodimlari zimmasidagi vazifaga aylanib qolgan.
Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasida ishlashini bildirib, ismi aytilmasligini so‘ragan xodimdan kelgan uzun xatning qisqa mazmuni budir: “o‘zimizning vazifamizni bajaraylikmi yoki fermerning ishini qilaylikmi?!”
Xat muallifining yozishicha, uning Ozodlikka murojaat qilishdan asosiy maqsadi g‘alla o‘rimidan ayollarni qaytarishdir.
“Shu bechora ayollar chiqmasin, o‘zimiz eplaymiz, erkakmiz-ku! Ayollarimizni dalaga qo‘yib qo‘yish yarashmaydi.
Man boshqa viloyat IIB xodimlari bilan gaplashdim/ Hech qaysi xotin-qiz g‘allaga qo‘yilmagan, faqat Qashqadaryo IIB ayollari majburan g‘allaga qo‘yilibdi
Man boshqa viloyat IIB xodimlari bilan gaplashdim/ Hech qaysi xotin-qiz g‘allaga qo‘yilmagan, faqat Qashqadaryo IIB ayollari majburan g‘allaga qo‘yilibdi”, deyilgan xatda.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali qo‘shimcha muloqot davomida xat muallifi viloyat IIB ga tegishli idoralarda (“zonada ishlaydiganiyam bor, GAI, pasport stol, tergov, kanselyariya va boshqalar”) jami bo‘lib 100 ga yaqin xodima borligini, shulardan 60 ga yaqini g‘alla o‘rimiga jalb qilinganini yozdi.
Qashqadaryo viloyat IIB matbuot kotibi Ravshan Tursunov 7 iyun kuni savollarimizga javob berishdan oldin Ozodlikka kelgan xat mazmunini diqqat bilan eshitdi.
Matbuot kotibi xodimlarning, jumladan xodimalarning ham g‘alla o‘rimiga jalb etilganini inkor etmadi. O‘rimga qancha xodima jalb etilganiga doir aniq ma’lumotni qo‘shimcha xabar qilishga va’da berdi.
Qashqadaryo viloyat II boshqarmasi yana bir mulozimining 7 iyun kuni Ozodlikka bildirishicha,
Avvalgi yillarda Qo‘riqlash xizmati va Yong‘indan saqlash xizmati IIBga qaragan, bulardan biri Milliy gvardiyaga, ikkinchisi FVVga o‘tdi va shuning uchun IIB shaxsiy tarkibi qisqarib, g‘alla o‘rimi nazoratiga ayollarni ham jalb etish zarurati tug‘ildi
“Avvalgi yillarda Qo‘riqlash xizmati va Yong‘indan saqlash xizmati IIBga qaragan, bulardan biri Milliy gvardiyaga, ikkinchisi FVVga o‘tdi va shuning uchun IIB shaxsiy tarkibi qisqarib, g‘alla o‘rimi nazoratiga ayollarni ham jalb etish zarurati tug‘ildi”.
Qashqadaryo viloyat IIB matbuot kotibi Ravshan Tursunovning aytishicha, IIB xodimlarining g‘alla o‘rimidagi vazifasi “jamoat tartibini saqlash hamda g‘alla mahsulotining talon-toroj bo‘lishining oldini olishdir”.
Ozodlikka kelgan xat muallifi xodimning vazifasini bunday tasvirlagan: “Ertalab dalaga kombaynni tushirib, o‘rimga qo‘yish, keyin g‘allani mashinaga yuklatib, zagotzernoga olib borib topshirishgacha maьsul”.
Bu ish esa, kamida 1 oyga cho‘ziladigan uzluksiz jarayondir.
G‘alla o‘rimining ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan nazorat qilinishi Qashqadaryoda o‘ylab topilgan usul emas – butun mamlakat bo‘ylab shu ahvol.
Melisa - menejer
Jizzaxlik g‘allakor fermerlardan birining 7 iyun kuni Ozodlikka aytishicha, ichki ishlar xodimi nafaqat nazoratchi, balki o‘rimni uyushtiruvi ish yurituvchi – menejer hamdir:
Melisa kombaynning yonida yurib, o‘rdirib kelaveradi. Dalamga yetib kelganda, meni izlab, qo‘shni fermerdan so‘raydi. Shundan keyin uchastkovoyimizga telefon qiladi. Uchastkovoy meni topadi. Men yuk mashinasi topib, dalamga yetib boraman
“Masalan, mening yerim uyimdan 70 kilometr narida. Fermer ko‘p – tumanimizda 100 ga yaqin. Lekin kombayn oz – 3-4 tagina. Melisa kombaynning yonida yurib, o‘rdirib kelaveradi. Dalamga yetib kelganda, meni izlab, qo‘shni fermerdan so‘raydi. Shundan keyin uchastkovoyimizga telefon qiladi. Uchastkovoy meni topadi. Men yuk mashinasi topib, dalamga yetib boraman”.
Axir, bu ishni nima uchun melisa qilishi kerak, uning o‘z xizmat vazifalari borku, ishni boshqacha tashkil qilsa bo‘lmaydimi?
Ozodlikning bu savoliga jizzaxlik fermer “Balki boshqacha yo‘li ham bordir, lekin bizda shunday”, deb javob berdi.
Qonun himoyachilarini himoyalovchi qonun
2016 yilning 16 sentabrida prezident Mirziyoev imzolagan “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunning “Ichki ishlar organlarining majburiyatlari va huquqlari” deb nomlangan 3- bobida bu organlar “qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini nazorat qiladi” yoki “uyushtiradi” degan majburiyat yo‘q.
Biroq xuddi shu bob “Ichki ishlar organlarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin” ekanligi aytilganki, agar "qulog‘idan tortilsa", g‘alla o‘rimi bilan bog‘liq holatni shu jumla bilan oqlash mumkin. Lekin qaysi hujjatlar o‘sha “qonun hujjatlari”? Ozodlik bugun bu savol javobini topolmadi.
"G‘alla rejasini bajarmaslik xiyonatdir"
O‘zbekiston prezidenti shu yil 25 fevralda o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida g‘alla yetishtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhlariga g‘alla hosildorligini kamida 30 foizga oshirishga doir “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqishni hamda uning ijrosini ta’minlashni buyurgan edi. Yig‘ilishda bu yilgi g‘alla hosili uchun o‘tgan yilga nisbatan 1,6 barobar yuqori xarid narxi belgilangani ham e’lon qilingan.
Bosh vazir Abdulla Aripov 2018 ning 27 noyabrida “Boshoqli don yetishtirishni yanada rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi.
Qaror mohiyatiga ko‘ra, “respublikada yetishtirilayotgan boshoqli don hosilining keskin ko‘paymayotgani uchun ayb yerlarni sifatsiz tayyorlab, urug‘likni belgilangan muddatdan kech ekayotgan¸ agrotexnik tadbirlarni qo‘pol ravishda buzayotgan va hosildorlikni oshirish chorasini ko‘rmayotgan¸ yalpi hosil bo‘yicha aniq hisob bermayotgan" fermerlarga yuklatilgan.
Ana shunday vaziyatga barham berish uchun Bosh vazir Abdulla Aripov 2019 yili sug‘oriladigan maydonlarning har gektaridan 40 sentnerdan kam hosil olishni “yerga nisbatan xiyonat” deb baholagan va bunday xiyonat uchun jazo choralari belgilagan.