OzodNazarning bugungi soniga tayyorlanar ekan, boshlovchi Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev bilan yozuvchi Murod Muhammad Do‘st orasida farq bor-yo‘qligi to‘g‘risida o‘ylamagan edi.
Publitsist Sharof Ubaydullayev bilan suhbatda masala bu taxlit qo‘yilgani ham yo‘q.
Lekin suhbat o‘z-o‘zidan boshlovchi oldindan rejalashtirmagan mavzuga burilib ketdiki, uning muhokamasidan sarlavha paydo bo‘ldi.
Bu chigalroq so‘zboshini o‘qib tugatgan bo‘lsangiz, marhamat qilib, suhbatni tinglang, hamma gap tushunarli bo‘ladi-qo‘yadi.