Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2024, Тошкент вақти: 20:20

O‘zbekiston turizmni rivojlantirish uchun chet ellik blogerlar ko‘nglini olishga intilmoqda


Internetning mashhur sayyoh-blogerlari– inflyuenserlari Rakel da Silva va Migel Mimozo 45 metrlik Minorai Kalonning tepasida quyoshchiqar vaqtda, ehtimolki, o‘pishish oldidan bir-biriga tikilib turibdi.

Ularning ortida Markaziy Osiyoning o‘rta asrlarga mansub, yaxshi saqlanib qolgan shahri uzoqlarga cho‘zilib ketgan, jumladan, Minorai Kalonning feruza va piyozsimon gumbazlari ham ko‘zga tashlanadi. Ushbu sahna Hollivudning qahramonlar murod-maqsadiga yetgan ertagini esga soladi.

‒ Biz to‘g‘risini aytmoqchimiz, ‒ deya boshlanadi juftlikning Instagramdagi sahifasiga 500000- obunachisi qo‘shilishi munosabati bilan qo‘yilgan suratga yozilgan tagxati. ‒ Ushbu mamlakat haqida ko‘p narsa, to‘g‘risini aytsak, deyarli hech narsa bilmas edik.

Rakel da Silva va Migel Mimozoningina emas, umuman milleniallar – 2000-yillardan bir oz oldin va o‘sha yillari tug‘ilgan obunachilarning ahvoli ham shu bo‘lsa ajab emas.

Aynan shuning uchun bir paytlar dunyodagi eng yopiq mamlakatlardan biri sanalgan O‘zbekistonga ijtimoiy tarmoqlarda xalqaro obro‘ qozongan 100 nafarcha bloger ushbu portugaliyalik juftlik bilan birga taklif etildi. Bundan maqsad – o‘sha blogerlar o‘z obunachilarini ko‘hna shaharlarga bag‘ishlangan kreativ fotosuratlari va videolari bilan hayratga solishi kerak.

Turizm sanoati muammolaridan biri O‘zbekiston haqidagi sifatli kontent – maqola, video va fotosuratlarning yo‘qligidir,

‒ Turizm sanoati muammolaridan biri O‘zbekiston haqidagi sifatli kontent – maqola, video va fotosuratlarning yo‘qligidir, ‒ deydi mamlakat turizm qo‘mitasining strategik masalalar bo‘yicha maslahatchisi, 30 yashar Behruz Hamzayev. U blogerlarni taklif etish g‘oyasi muallifi hamdir. – Bunaqa narsalar Internetda juda kam. Biz Internetni to‘ldirmoqchi bo‘ldik.

Inflyuenserlarni taklif qilish mamlakat hukumati tashqi dunyoga ochilish va 33 millionli aholi uchun iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun qo‘yayotgan misli ko‘rilmagan qadamlarining biridir. Tahlilchilarga ko‘ra, keyingi bir necha yilda O‘zbekistonda turizmdan keladigan daromadni ikki barobar oshirish imkoniyati bor.

Hukumatning chet ellik blogerlarni quchoq ochib kutib olayotgani mamlakatdagi ijtimoiy tarmoqlar erkinligini ta’minlash borasida yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklariga butunlay teskaridir. O‘zbekiston o‘z vatandoshlariga dunyodagi eng yirik Facebook bilan YouTube ijtimoiy tarmoqlariga kirishni faqat o‘tgan yili osonlashtirdi, haligacha hukumat amaldorlari tanqid qilingan postlar uchun blogerlar hibsga olinmoqda.

Hokimiyat “o‘zini dunyoga zamonaviy, bir so‘zli va ochiq qilib ko‘rsatmoqchi

‒ Hokimiyat “o‘zini dunyoga zamonaviy, bir so‘zli va ochiq qilib ko‘rsatmoqchi, garchi bu borada bir oz olg‘a siljishga erishgan bo‘lsa-da, “hamon onlayn dunyoni nazorat qilishdan manfaatdor”, ‒ deydi Human Rights Watch tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotchisi Stiv Sverdlou.

Ajoyib kontent

O‘zbekiston o‘tgan oy oxirida dunyoning 40 mamlakatidan 93 nafar inflyuenser uchun 5 kunlik sayohat tashkil qildi. Hamzayevga ko‘ra, ularning aksariyati Osiyo va O‘rta Sharq mamlakatlaridan edi, chunki O‘zbekistonning o‘sha mintaqalarda kuchli tarixiy va madaniy aloqalari, shuningdek, yo‘lga qo‘yilgan aviareys bog‘lanmalari mavjud.

Gruziya va Hindiston singari ko‘plab mamlakatlar inflyuenserlar uchun shunga o‘xshash tadbirlar uyushtirib tursa-da, O‘zbekiston turli sohalarni yorituvchi blogerlar uchun eng yirik va eng uzoq yig‘in o‘tkazdi, dedi Maximum Exposure Limited maslahat beruvchi kompaniyasi asoschisi Sofi Ibbotson. Ushbu kompaniya rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan O‘zbekistonda turizmni targ‘ib qiladi.

O‘zbekiston turizmning oxirgi chegarasi va undan keyingi ulkan narsaning o‘rtasida turganday hissiyot tug‘diradi

− O‘zbekiston turizmning oxirgi chegarasi va undan keyingi ulkan narsaning o‘rtasida turganday hissiyot tug‘diradi, − deydi Ibbotson. – Sayohat marshrutlariga ta’sir ko‘rsatuvchi kishilar hammadan oldinda bo‘lishni istaydi.

Toshkentda o‘tkazilgan tadbirda sayyohlik, oziq-ovqat, turmush tarzi, moda va pardoz-andoz mavzularini yorituvchi blogerlar qatnashdi, ular orasida eronlik model Sadaf Masoiliy ham bor edi.

Ajnabiy blogerlar “dunyo darajasidagi ajoyib kontent yaratdi”, deydi Hamzayev. Uning turizmni va inglizcha slenglarni tushunishi o‘smirligidagi gidlik paytlari shakllangan ekan.

Hamzayevning hisob-kitobicha, loyiha jarayonida tayyorlangan fotosuratlar va videolarni 150 million kishi tomosha qilgan.

Osiyodagi YouTube yulduzlaridan biri sanalmish indoneziyalik bloger Atta Halilintarning O‘zbekistonga sayohatiga bag‘ishlangan 10 daqiqalik videosi 1,2 million marta ko‘rildi. Ayni choqda uning Instagramdagi fotosuratlariga 400000 martadan oshiq “layk” bosildi.


O‘zbekiston may oyida Indoneziyaga bevosita aviareyslarni ochdi. U aholi soni bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinda turadi va O‘zbekiston singari musulmon mamlakatidir.

Buxoro islom dini tarixi va madaniyatida muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli musulmonlar uchun potensial ziyorat maskanlaridan biridir.

Hamzayevga ko‘ra, davlat blogerlar tadbiriga 250000 AQSh dollari sarfladi. Televideniye va matbuot singari an’anaviy OAV bunchalik katta auditoriya uchun shunday sifatga ega video va fotosuratlar tayyorlashi uchun 6 – 7 million AQSh dollari sarflar edi, deydi Hamzayev.

Yolg‘izlikning 100 yili

Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabzning tarixiy markazlari YuNESKOning “Jahon madaniy merosi” ro‘yxatiga kiritilgan, shuning o‘ziyoq sayyohlarni ohanrabodek tortadi.

Ammo o‘sha shaharlar so‘nggi 100 yil mobaynida: avval sho‘rolar davrida, keyinchalik mustaqil O‘zbekistonni 2016 yilgacha boshqargan avtoritar prezident Islom Karimov rahbarligi vaqtida chet elliklar uchun yopiqligicha qoldi.

Ko‘plab sovet davlatlari 1991 yilda globallashuv jarayonlarga qo‘shilishga shoshilgan bo‘lsa, Karimov noqulay viza rejimlari bilan mamlakatini izolyatsiyada saqlab keldi.

Uning hukumati turizmni faol targ‘ib qilmadi.

O‘zbekiston haqidagi onda-sonda e’lon qilingan xabarlarda asosiy e’tibor majburiy bolalar mehnati, inson huquqi buzilishi holatlari, kamsonli din vakillarini qatag‘on qilish, atrof-muhit muammolari, shuningdek, sobiq prezidentning hali ham qamoqda o‘tirgan g‘aroyib qizi Gulnora Karimova ustidan o‘tkazilgan sud mahkamalariga qaratilar edi.

‒ Garchi ulkan potensialimiz borligini bilsam ham, mening dunyodagi deyarli hech qim tanimaydigan brendim bor edi, ‒ dedi Hamzayev.

Karimovning merosxo‘ri bo‘lmish prezident Shavkat Mirziyoyev davrida turizmga yangi hayot bag‘ishlashga urinmoqdalar. U vizasiz rejimli mamlakatlar sonini 2017 yilgi 9 tadan joriy yilga kelib 65 taga ko‘tardi.

U yana viza rejimi osonlashtirilgan mamlakatlar sonini teng yarmiga oshirib, 75 taga yetkazdi, chet mamlakatlarga qatnaydigan aviareyslar sonini ham oshirdi.

Bu choralar mamlakatga kelayotgan sayyohlar sonini keskin oshirdi. O‘zbekistonga joriy yilda 6,3 millon sayyoh kelishi kutilmoqda, bu 2017 yil bilan solishtirganda, ikki barobar ko‘pdir, deydi Hamzayev.

Bu qurilish rivojlanishiga ham turtki berdi. Mamlakatda 2017 yildan beri 300 dan oshiq mehmonxona ochildi.

Shunga qaramay, O‘zbekistonga hali ham ko‘proq aviareyslar, mehmonxonalar, ayniqsa, yuqori darajali mehmonxonalar kerak, deydi Ibbotson. Unga yana yuqori malakali ish kuchi ham zarur:

Agar O‘zbekiston mashhur turizm manzillari bilan raqobatlashmoqchi bo‘lsa, xizmat ko‘rsatishni yaxshilashi kerak bo‘ladi.

− Agar O‘zbekiston mashhur turizm manzillari bilan raqobatlashmoqchi bo‘lsa, xizmat ko‘rsatishni yaxshilashi kerak bo‘ladi.

Garchi O‘zbekistonning turizmdan o‘tgan yili olgan daromadi ikki barobar oshib, taqriban 1,2 miiliard dollarga yetgan bo‘lsa ham, bu ko‘rsatkich Janubiy Kavkazdagi Armaniston, Ozarbayjon va Gruziyaniki, shuningdek, Markaziy Osiyodagi qo‘shnisi Qozog‘istonnikidan pastdir.

"Agar O‘zbekiston dunyoga ochilishini davom ettirsa, uning turizmdan oladigan daromadi keyingi o‘nyillik o‘rtalariga borib, 5 milliard dollarga yetishi mumkin"

"Agar O‘zbekiston dunyoga ochilishini davom ettirsa, uning turizmdan oladigan daromadi keyingi o‘nyillik o‘rtalariga borib, 5 milliard dollarga yetishi mumkin" deydi Vashingtondagi Xalqaro moliya institutining yetakchi tadqiqotchi-tahlilchisi Boban Markovich.

Ushbu natijaga erishish uchun ayni paytda mamlakatga kelmayotgan yosh sayyohlarni chorlash kerak bo‘ladi. O‘zbekistonga kelayotgan chet elli8k sayyohlar aksariyatining yoshi 50 dan balanddir, dedi Hamzayev.

Prezident bilan selfi

62 yashar Mirziyoyev blogerlar bilan ularning Samarqandga safari vaqtida uchrashdi va ular bilan birga suratga tushdi. Ushbu lahza yangi, ochiq O‘zbekiston ramzi bo‘ldi, “Nazarimda, u bu bilan zo‘r tarzda, biz islohotlar qilyapmiz va mamlakatni ochyapmiz, deb aytdi”, deydi Hamzayev.

Mirziyoyevning aprelda davlat matbuot va axborot agentligi rahbariga o‘rinbosar qilib tayinlangan to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva blogerlar safarining birinchi kuni ularga murojaat qilgan edi.

Hamzayevning qo‘shimcha qilishicha, Mirziyoyev bilan boshqa yetakchi rahbarlar blogerlar safarini qo‘llab-quvvatladi va blogerlar uchun hamma sharoitni yaratib berdi.

Mabodo model blogerga suratkash kerak bo‘lsa, ular bir suratkashni topib berdi. Agar fotoblogerga suratga tushirish uchun biror model kerak bersa, ular o‘sha modelni ham topdi.

Mabodo Rakel bilan Migel Buxorodagi minora tepasiga chiqishi kerak bo‘lsa – aslida bunga ruxsat etilmaydi – ular buni ham tashkil qildi. Agar juftlikka esdalik lahzasini yuqoridan tasvirga olish uchun dron lozim bo‘lsa, bunga ham imkon topildi.

‒ Biz ularga ishini bajarishi uchun erkinlik berdik, ‒ dedi Hamzayev.

Lekin hukumat ayni erkinlikni o‘z blogerlariga ham berishi kerak, dedi Sverdlou.

Inson huquqi masalalari tadqiqotchisi Mirziyoyev hokimiyatni egallaganiga uch yil bo‘lganiga qaramay hali biror o‘zbek jurnalisti yoki blogeriga intervyu bermaganini qayd etdi.

‒ Biz hukumat blogerlar bilan ishlayotganini va ularning ishini qo‘llab-quvvatlayotganini tan olamiz, ‒ dedi u. ‒ O‘zbekiston hali ham avtoritar mamlakat va ijtimoiy tarmoqlarda bosib o‘tilishi kerak bo‘lmagan chiziqlar aniq emas. Ijtimoiy tarmoqlar to‘liq erkin bo‘lmaguncha, gullab-yashnay olmaydi.

Blogerlar tadbiri yakunlangandan so‘ng oradan 3 hafta o‘tar-o‘tmas, 29 yashar o‘zbek blogeri Nodirbek Hojimatov mahalliy amaldorlar tanqid qilingan xatini Feysbukda e’lon qilgach, 10 kunga qamaldi.

Todd Prins (Todd Prince)

OzodYevropa/Ozodlik radiosining Vashingtondagi yetakchi muxbiri.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG