Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:18

Farg‘onada olomon ikki kishini "o‘g‘rilikda" ayblab, bo‘yniga arqon solib sudradi (VIDEO)


Bitta voqeaning Ozodlikka kelgan uchta videotasviridan birida olomonning kaltagi zarbi, haqorat va tahdidlardan dahshatga tushib, dir-dir qaltirayotgan erkaklarni oyog‘i va bo‘ynidan arqon bog‘lab sudrayotganini ko‘rish mumkin.
Bitta voqeaning Ozodlikka kelgan uchta videotasviridan birida olomonning kaltagi zarbi, haqorat va tahdidlardan dahshatga tushib, dir-dir qaltirayotgan erkaklarni oyog‘i va bo‘ynidan arqon bog‘lab sudrayotganini ko‘rish mumkin.

Olomon bo‘yni va oyog‘i arqon bilan bog‘langan ikki erkakni ayovsiz kaltaklamoqda. Ovozlardan kaltaklanayotgan erkaklar o‘g‘rilik qilgani tushuniladi.

Ozodlikka kelgan videolarda aks etgan bu voqeaning Farg‘ona viloyat, Dang‘ara tuman, Beshkapa qishlog‘ida shu oy boshida bo‘lganini bir necha manba hamda tuman IIB xodimi tasdiqladi.

Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Ozodlik bilan suhbatda voqeani o‘rganib, keyin izoh berishini aytdi.

Videoda aks etgan voqea guvohlaridan biri A. N.ning Ozodlikka bunday dedi:

- Dang‘arada Beshkapa degan qishloq bor. O‘sha yerda olmazorni yonida xovlilar bor. Men shu yerga yaqin joyda yashayman. Bu ikki yigitni o‘sha yerdagi olma bog‘ida ushlashgan. Bular Oltiqush qishlog‘idagi xonadonlarga o‘g‘rilikka tushishgan. Uy egasi payqab qolgan. Baqir-chaqir bo‘lgan. O‘g‘ri pulni adyolga o‘rab qochgan. Tezda olomon yig‘ilib ortidan quvgan. ​Olmazorda ushlashgan. Moliga ko‘z olaytirganidan shu yerda yashovchilar jahl ustida ularga jazo berayapti.

Bitta voqeaning Ozodlikka kelgan uchta videotasviridan birida olomonning kaltagi zarbi, haqorat va tahdidlardan dahshatga tushib, dir-dir qaltirayotgan erkaklarni oyog‘i va bo‘ynidan arqon bog‘lab sudrayotganini ko‘rish mumkin.

Boshqa videoda aholi vakillaridan biri erkaklarni eshakka teskari mindirib sazoyi qilish kerakligini aytadi.

Olomon ichidan "urmanglar" degan ovoz ham eshitiladi.

Videodagi shovqin orasidan tinimsiz haqoratlar, "o‘ldirish kerak bularni" degan ovozlar eshitiladi.

Boshqa bir videoda odamlar kaltak zarbidan yuzi shishib, gandiraklab yotgan erkakning ustiga suv sepib uni xushiga keltirishga urinayotgani ko‘rinadi.

Sazoyi qilingan erkaklarning keyingi taqdiri Ozodlikka ma’lum emas. Ozodlik bilan suhbatda bo‘lgan dang‘araliklar o‘g‘rilikda gumonlab ushlanganlarni militsiya qamoqqa olganini aytdi. Ammo, ularni vaxshiylarcha kaltaklab, sazoyi qilganlarga qanday chora ko‘rilgani ma’lum emas.

Farg‘onada videotasvirga tushgan bu voqea ikki fuqaroni kaltaklaganlar harakatlari O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi ya’ni "Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish" va 110-modda - Muttasil ravishda do‘pposlash yoki boshqacha harakatlar bilan qiynash" tarzida malakalanishi mumkin.

Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari voqeani o‘rganib, Ozodlikka keyin izoh berishini bildirdi.

Dang‘ara tumani Ichki ishlar bo‘limi navbatchisi bu voqeadan xabarsiz ekanini bildirish bilan cheklandi. Biroq ayni shu bo‘limning boshqa bir xodimi voqea 3 oktabrda Oltiqush qishlog‘ida bo‘lganini aytdi.

"Oltiqushda yashovchi fermer bir Kamaz hosilini sotib pulini g‘amlab qo‘ygan ekan. Bu ikkovi tong otar payti uyning tomidan tushib pulni o‘g‘irlashgan. Pulni adyolga o‘rab qochishayotganida beshkapaliklar ushlab olib urgan".

  • Ozodlik O‘zbekistonda o‘g‘rilik, fohishalik yoki besoqolbozlikda ushlanganlar sazoyi qilingani haqda bundan avval ham xabar bergan.
  • Ikki yil avval Xorazm viloyati Urganch shahri do‘konlaridan birida o‘g‘rilikda gumon qilingan qizning yalang‘och qilinib¸ kaltaklangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi.
Урганч самосуд
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:38 0:00
"Самосуд" нимага кўпаймоқда?
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:50 0:00
  • 2014 yilda esa Qo‘qonda farg‘onalik amakining ikki qizni fohishalikda gumonlab, boylab qo‘yib ketmon dastasi bilan do‘pposlagani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi.
  • Ozodlik bilan suhbatda bo‘lgan ekspertlar samosud yoki sazoyi qilish xolatlari qonun ishlamaydigan mamlakatlarda ko‘payishini aytishadi.
  • -O‘zbekistonda qonunlar ishlamas ekan odamlar o‘ziga o‘zi sud, o‘ziga o‘zi tergovchi bo‘lib ketishi mumkin, - degan edi Ozodlik bilan suhbatda o‘zbekistonlik advokat Ruhiddin Komilov.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG