Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2024, Тошкент вақти: 08:48

Chinozlik Ahmadboy Tursunboyev ishi bo‘yicha uchinchi sud yakunlandi. Hukm o‘qildi


Ahmadboy Tursunboyev
Ahmadboy Tursunboyev

28 oktabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tuman sudi binosida sudlanuvchilar Ahmad Tursunboyev va boshqalarga (sudlanuvchilarning umumiy soni — 16) nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha uchinchi ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidovga tayanib gazeta.uz xabar qildi.

Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining sudyasi X. Shermuxamedov raisligida ko‘rib chiqildi.

Sud Ahmad Tursunboyevni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qism «a», «v» bandlari bo‘yicha aybdor deb topdi.

Ushbu modda bilan 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. A. Tursunboyevga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 8-qismi va 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazoga qisman jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining 20 maydagi hukmi bilan tayinlangan jazosini qo‘shib, uzil-kesil o‘tash uchun 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 14 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilish hamda eng kam oylik ish haqining 400 baravari miqdorida 52,09 mln so‘m jarima jazolari tayinlandi.

Shu bilan birga A. Tursunboyevga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan muddati, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining 2016 yil 12 oktabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida"gi Qarorining 6-bandi «b» kichik bandiga asosan to‘rtdan bir qismiga qisqartirildi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash va jarimani davlat daromadi hisobiga undirish belgilandi.

Ushbu sud jarayonida 230 dan ziyod jabrlanuvchilar ko‘rsatmalari tinglandi va ularga yetkazilgan moddiy zarar undirilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, «Ahmadboy» ishi bo‘yicha birinchi sud 2018 yil fevralida yakuniga yetgan, o‘shanda unga 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan edi.

May oyida bo‘lib o‘tgan ikkinchi sudda esa u 10 yil muddatdan ozodlikdan mahkum etilib, jazo umumiy tartibdagi koloniyada o‘talashi belgilandi. Ilk suddagi jazo qo‘shilgan holda Ahmad Tursunboyevga 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish hamda 52,1 mln so‘m miqdoridagi EKIHning 400 baravari miqdoridagi jarima va 1 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etish jazolari tayinlandi.

  • Ahmadboy Tursunboyev ishini Ozodlik batafsil yoritgan. Mavzuga oid materiallar bilan "Aloqador" ruknida tanishingiz mumkin.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG