Линклар

Шошилинч хабар
19 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:29

AQSh Namoyandalar palatasi Trampga impichment e’lon qildi


Donald Tramp
Donald Tramp

AQSh Kongressining Namoyandalar palatasi 18 dekabr kechga yaqin prezident Donald Trampga impichment e’lon qildi. Endi ish ko‘rib chiqish hamda ayblov hukmini e’lon qilish va uni lavozimidan chetlatish masalasini ko‘rib chiqish uchun Senatga yuboriladi.

Trampga ikkita modda: xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish va Kongressga qarshilik ko‘rsatish bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. Demokratlar ko‘pchilik bo‘lgan Vakillar palatasi ikkala modda bo‘yicha ayblovni ham yoqlab ovoz berdi.

Tramp, mamlakat konstitutsiyasida ko‘zda tutilganidek, og‘ir jinoyatlar va huquqbuzarliklar sodir etgani uchun rasman ayblanayotgan uchinchi prezidentdir.

Ayblovlar respublikachi prezident Trampga tegishli. U 2020 yilda bo‘lib o‘tajak prezident saylovi oldidan siyosiy raqibining ishini tergov qilish uchun chet ellik ittifoqchisidan – bu o‘rinda Ukraina – yordam so‘rash bilan prezidentlik vakolatini suiiste’mol qilganini aytilmoqda

Trampga qo‘yilayotgan ikkinchi ayb impichmentga sabab bo‘ladigan holatni tergov qilish uchun faktlarni aniqlash yuzasidan Vakillar palatasi talab qilgan minglab hujjatlarni bermagani va guvohlarning Kongressning tergov o‘tkazayotgan qo‘mitalarida so‘roq berishiga ruxsat etmaganidir.

Tramp Michiganda bo‘lib o‘tgan mitingda demokratlar “o‘n millionlab vatanparvar amerikaliklarinng ovozini yo‘qqa chiqarishga urinmoqda”, dedi 2016 yilda o‘zi g‘alaba qozongan prezident saylovini nazarda tutib.

Tramp, “ular bizni lavozimimizdan chetlashtira olishiga ishonish qiyin”, deb aytdi.

U oldinroq impichmentga oid tergovni “ajina ovlash”, guvohlarni so‘roq qilgan Kongress qo‘mitalarini “kenguru sudlari” (“noxolis sudlar”) deb atagan edi.

Impichment e’lon qilishga asos bo‘lgan konstitutsiya moddalari ayblov xulosasiga teng va qonun chiqaruvchi yuqori palata – Senatga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. Hujjat Senatda yanvar oyida ko‘rib chiqiladi va sud majlisiga Oliy sud raisi Jon Roberts raislik qiladi.

Biroq impichment e’lon qilish bo‘yicha ovoz berilganidan so‘ng Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi impichment moddalarini Senatga qachon yuborishi yoki yuborish-yubormasligini aytmadi.

U buning o‘rniga hujjatni Senatga yuborish xususida “nima bo‘lishini ko‘raylik-chi”, dedi. Pelosi Vakillar palatasidagi demokratlar Senat sudiga kimni ayblovchi qilib jo‘natishni ayta olmasligini, buning uchun Senat sudni qanday tartibda o‘tkazishini bilishi kerakligini ma’lum qildi.

Ayblov hukmi chiqarish uchun Senatning 2/3 qismi ovoz berishi kerak bo‘ladi. Senatda respublikachilar ko‘pchilik bo‘lgani uchun oqlovchi hukm chiqarilishi kutilmoqda.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG