Линклар

Шошилинч хабар
25 декабр 2024, Тошкент вақти: 10:11

Lukashenko: “Yurt otasi”mi yoki diktator?


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko

1994 - yilda Aleksandr Lukashenko prezident etib saylanganida Belarus mustaqilligiga atigi 3 yil bo‘lgan va ko‘pchilikka noma’lum mamlakat edi. Lukashenko prezidentlik kursisiga o‘tirganidan keyingi chorak asr davomida repressiyalar, g‘alati xatti-harakatlari va o‘ziga qarshilarga rang-barang tahdidlari bilan e’tibor qozondi.

Yakshanba kuni Minsk xususiy shirkat uchog‘ini qo‘nishga majburlab, uning bortidagi muxolifatchini hibsga olgani Lukashenko xush ko‘radigan boshqaruv uslubiga yaqqol misol bo‘ldi.

AP muxbirining ëzishicha, Lukashenko demokratik qadriyatlarni nazar-pisand qilmay kelayotgani va mamlakatda inson huquqlari ahvoli achinarli bo‘lgani uchun Belarus G‘arb mamlakatlari orasida yakkamoxovga aylangan va Lukashenko “Yevropaning so‘nggi diktatori” laqabiga sazovor bo‘lgan.

66 ga to‘lgan Lukashenko o‘zini yosh mamlakatni to‘g‘ri yo‘ldan yetaklayotgan qattiqqo‘l, ammo dono patriarx – “Batka” (“Otaxon” yoki “Dada”) o‘laroq taqdim etib keladi.

Lukashenko bir-ikki marta G‘arb bilan munosabatlarni yaxshilash uchun harakat qildi. Ammo u 2020 - yilda o‘tkazilgan prezidentlik saylovida oltinchi muddatga saylanganidan keyin, unga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari boshlanib ketdi va avtoritar prezident G‘arb bilan yarashish fikridan butunlay voz kechdi. Muxolifat va ko‘plab G‘arb davlatlari saylov natijalari soxtalashtirilganini aytib, ularni tan olmadi.

Namoyishlarda qatnashgan o‘n minglab odam hibsga olindi, ularning ko‘pini politsiya kaltakladi; asosiy muxolifat yetakchilari mamlakatdan qochib ketishga majbur bo‘ldi yoki qamaldi; xorijlik jurnalistlar mamlakatdan haydab chiqarildi; oddiy fuqarolar tug‘ilgan kun va velosiped poygalari kabi “ruxsatsiz ommaviy yig‘ilishlarda” qatnashgani uchun hibsga olindi.

Lukashenko o‘z hukmronligi davrida politsiya zo‘ravonligi va hibsga olishlar orqali muxolifatni bostirdi, iqtisodiyotning katta qismini davlat nazorati ostida saqlab qoldi. Natijada Belarus neo-sovet mamlakatga aylandi.

Lukashenko Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo qo‘shnilariga ishonchsizlik bilan qarab, Rossiya bilan yaqindan aloqa o‘rnatdi. Ammo Moskva bilan bir necha marta janjallashib ham oldi.

Lukashenko zo‘ravonligi va provokatsion chiqishlari bilan tanilgan. Sizdirilgan AQSh diplomatik notalarining biri muallifi avtoritar rahbarni “g‘alati” deb ta’riflagan edi.

2006 - yilda Lukashenko namoyishchilar bo‘ynini “o‘rdaknikidek yulib olishini” aytib, tahdid soldi. Joriy yil boshida esa Mavlud mavsumida intervyu berayotib kichkina paxmoq ko‘ppagiga bayram dasturxoni oralab yurishga izn berib, internet memlar qahramoniga aylandi.

Yakshanba kuni Lukashenko qiruvchi uchoqqa Litvaga uchib ketayotgan yo‘lovchi uchoq yo‘lini to‘sishni buyurdi. Yo‘lovchi uchoq bortida Belarusni tazyiqlar tufayli tark etgan jurnalist Roman Protasevich bor edi. Belarus rasmiylari bu choraga uchoqqa bomba o‘rnatilgani haqidagi ma’lumot asos bo‘lganini iddao qildilar. Ammo G‘arb davlatlari bu izohni oshkora qaroqchilik harakatini oqlash uchun uydirma deb atadi.

Lukashenko tez-tez xokkey o‘ynab turadi va o‘zini macho erkak o‘laroq ko‘rsatib keladi.

Bir paytlar vatandoshlari korrupsiyaga qarshi kurashuvchi rahbar o‘laroq ko‘rgan Lukashenko o‘nlab yillar davomida muxolifat a’zolarini qamab, mustaqil ommaviy axborot vositalarini siquvga olib, saylovlarda turli yo‘llar bilan qayta-qayta g‘alaba qozonib, saylovchilar ishonchini yo‘qotdi.

Ba’zi saylovlardan so‘ng norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, ammo ular uzoqqa cho‘zilmadi. 2020 - yilgi saylov ortidan esa Lukashenko raqiblarining sabr kosasi to‘ldi. Bunga nafaqat saylov natijalari soxtalashtirilgani haqidagi ayblovlar, balki mamlakatdagi iqtisodiy tanazzul, Lukashenko repressiyasi hamda prezident koronavirusni mensimay, unga qarshi chora ko‘rishdan bosh tortgani turtki bo‘ldi.

“Белта”: Ҳукумат намойишлар устидан назоратни қўлга олди!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:16 0:00

Namoyishlar bir necha oy davom etdi va qish boshlanganidan keyingina kuchini yo‘qotdi. Ammo rasmiylar bo‘sh kelmadi va minglab odamni hibsga oldi. Ayrim holatlarda muxolifat ramziga aylangan oq va qizil rangli kiyim kiygan beloruslar hibsga olindi.

Lukashenko Belarus qishlog‘ida tug‘ilgan. Qishloq xo‘jaligi akademiyasini tugatganidan so‘ng, chegara xizmatida ishlay boshlagan va pirovardida kolxoz raisi etib tayinlangan. 1990 - yilda u Belarus Oliy Kengashiga deputat bo‘lgan.

1991 - yilda Kengash deputatlari orasida faqat Lukashenko Sovet Ittifoqi parchalanishiga qarshi ovoz berdi. Oradan uch yil o‘tib, yangi mamlakatning birinchi prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqan Lukashenko ko‘p jihatdan o‘tmishda qolgandek ko‘rindi va zo‘r berib Belarusning sovet merosini saqlab qolishga urindi.

Qo‘shni sobiq sovet respublikalari kapitalizmga moslashar ekan, Lukashenko Belarus iqtisodiyotining katta qismini davlat nazoratida saqlab qoldi.

Dastlab ushbu strategiya tufayli uni qo‘llab-quvvatlashdi, chunki beloruslar “shok terapiyasi” orqali iqtisodni isloh qilish bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duchor bo‘lmadilar.

Ammo Belarusning davlat nazorati ostidagi iqtisodiyoti bozor iqtisodiyoti bilan bellasha olmadi. Belarus rubli qayta-qayta devalvatsiya qilindi, 2020 - yilga kelib mamlakatda o‘rtacha oylik ish haqi 480 dollarni tashkil etdi.

Lukashenko davrida mamlakatning asosiy xavfsizlik agentligi SSSRdan qolgan KGB qisqartmasi bilan ataldi. Shuningdek, u yangi davlat bayrog‘i Belarus SSR bayrog‘iga juda o‘xshash bo‘lishi uchun referendum o‘tkazdi.

Bundan tashqari, Belarus o‘lim jazosini amalda qo‘llaydigan yagona Yevropa davlatidir. Qolaversa, o‘lim jazosiga hukm qilinganlar sovet davridagidek tarzda qatl etiladi. Xabarlarga ko‘ra, mahbusni xonaga olib kirishadi va uning barcha arzlari rad etilganini aytishadi. So‘ngra mahkum tiz cho‘kishga majburlanadi va jallod uning boshiga qarata o‘q uzadi. Bu jarayon boshidan oxirigacha taxminan ikki daqiqa davom etadi.

Lukashenko prezident etib saylanganida Belarusda mustaqil mamlakat o‘laroq tajriba deyarli yo‘q edi; mamlakat Sovet Ittifoqi respublikasi etib tashkil etilishidan oldin boshqa imperiyalarning tarkibida bo‘lgan.

Belarus Birinchi jahon urushi yillarida mustaqil bo‘lishga urindi, ammo bu uzoqqa cho‘zilmadi. Rossiya, Polsha, Litva va Latviya o‘rtasida joylashgan mustaqil Belarus turli yo‘lni tanlashi mumkin edi.

Lukashenko asosiy e’tiborni sharqqa – Rossiyaga qaratdi. 1997 - yilda u Rossiya bilan yaqin iqtisodiy, harbiy va siyosiy aloqalarga ega “ittifoq davlatini” tuzish to‘g‘risida bitim imzoladi, ammo ikki mamlakatni to‘liq integratsiya qilishgacha bormadi.

Shartnoma Belarus iqtisodiyoti uchun dastak bo‘ldi. Minsk Rossiya neftini bozor narxidan arzon narxda sotib oldi. Ammo Lukashenko Rossiya oxir-oqibat Belarusni butunlay egallab olishga intilayotgani haqida xavotir ola boshladi va o‘z xavotirlarini tobora ko‘proq izhor qila boshladi.

Aftidan, o‘tgan yilga kelib Rossiyaning Lukashenkodan xafsalaci pir bo‘lgandi. Moskva 2020 - yilda uni yo‘q qilish uchun chora ko‘ra boshlagani haqida xavotirlar mavjud.

Prezident saylovida “Gazprom” shirkatiga tegishli bankning sobiq rahbari Lukashenko uchun jiddiy raqib o‘laroq ko‘rila boshladi va ko‘p o‘tmay Lukashenko uni qamoqqa uloqtirdi.

Ayni paytda Belarus Rossiya saylovni izdan chiqarish uchun mamlakatga xususiy harbiy pudratchilarni yuborganini iddao qildi va Lukashenko Moskvani keskin tanqid qila boshladi.

Ammo Lukashenkoning qatag‘onlari tufayli G‘arbga eltuvchi eshiklar yopilgan edi. “Batka” yirik norozilik to‘lqiniga duchor bo‘lar ekan, Moskvadan yordam so‘rashdan boshqa iloji qolmadi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin namoyishlar zo‘ravonlikka aylanib ketsa, vaziyatni barqarorlashtirishga ko‘maklashish uchun politsiya kuchlarini yuborishga hozirligini izhor qildi, ammo bu va’daligicha qoldi.

XS
SM
MD
LG