Линклар

Шошилинч хабар
15 ноябр 2024, Тошкент вақти: 08:26

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Mirziyoyev qarorgohi”ni temiryo‘lchilar pansionati deb e’lon qildi


Ozodlik surishtiruvi Shovvozsoy o‘rmon xo‘jaligida barpo etilgan yashirin majmua va suv omborining Shavkat Mirziyoyev uchun qurilganini o‘rtaga chiqardi
Ozodlik surishtiruvi Shovvozsoy o‘rmon xo‘jaligida barpo etilgan yashirin majmua va suv omborining Shavkat Mirziyoyev uchun qurilganini o‘rtaga chiqardi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 24 - fevral kuni Ozodlikning “Mirziyoyev siri: Tog‘lar bag‘riga yashirilgan qarorgoh va suv ombori” deb nomlangan ko‘p qismli surishtiruvga rasmiy munosabat bildirdi.

Bu surishtiruvda Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka kelishi bilan uning sadoqatli mulozimi Ochilboy Ramatov boshqaradigan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Ohangaron tog‘larida maxsus dam olish qarorgohi va suv ombori qurilishi boshlangani¸ bu loyihaning yillardan beri jamoatchilikdan sir tutib kelinayotgani va uning iqtisodiy ahvoli og‘irlashib borayotgan O‘zbekiston byudjetiga yuzlab million dollarga tushgani aytildi.

Shavkat Mirziyoyev prezident sifatida qasamyod qilishidan ikki oy o‘tib-o‘tmay Ugom-Chotqol tog‘ tizmasidagi “Shovvozsoy o‘rmon xo‘jaligi hududida boshlangan mahobatli dam olish majmuasi¸ Ozodlik surishtiruvida aniqlanishishicha¸ Shavkat Mirziyoyev uchun qurilgan.

O‘nlab kilometr radiusda shlagbaum va blokpostlar¸ tikanli simlar va qurollangan qo‘riqchilar bilan o‘rab olingan bu hududda to‘rtta vertolyot maydonchasi bor. Bu majmua ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish maqsadida Shovvozsoy tog‘ daryosi to‘silib¸ sun’iy ko‘l barpo etilgan va oqbatda quyi oqimdagi qishloq butunlay suvsiz qolgan. Kimsasiz tog‘lar orasidagi bu majmua, asosan prezident rezidensiyalaridan iborat O‘zbekistondagi oltita uchish taqiqlangan zonaning biridir.

Kimsasiz tog‘lar orasidagi bu majmua, asosan prezident rezidensiyalaridan iborat O‘zbekistondagi oltita uchish taqiqlangan zonaning biridir.
Kimsasiz tog‘lar orasidagi bu majmua, asosan prezident rezidensiyalaridan iborat O‘zbekistondagi oltita uchish taqiqlangan zonaning biridir.

Surishtiruv jarayonida Ozodlik “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati elektron pochtasiga Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidagi ”Shovvozsoy o‘rmon xo‘jaligi hududida dam olish majmuasini qurilishi” bilan bog‘liq o‘ndan oshiq savol bilan murojaat qildi. Ammo davlatga qarashli kompaniya bu savollarni javobsiz qoldirdi.

Surishtiruv va uning xulosalariga asoslangan Ozodlik videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqashi va savollar tug‘dirishi ortidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” baënot chiqarib¸ “so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan “Ugam-Chotqol” milliy tabiat bog‘i tasarrufidagi dam olish maskani haqidagi” xabarlarni “asossiz va noxolis” deb atadi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari”ning jamoatchilikka iddao qilishicha¸ Ozodlik surishtiruvi markaziga qo‘yilgan obyekt¸ nafaqat temir yo‘lchilar¸ balki “mamlakat aholisi” uchun qurilgan “dam olish maskani”dir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 - yildagi qaroriga asosan, Ugam-Chotqol milliy tabiat bog‘i tasarrufidagi “Shovvozsoy” o‘rmon xo‘jaligi yerlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasiga temiryo‘lchilar va ularning oila a’zolari, kompaniyaning xorijiy hamkorlari, mamlakatimiz aholisi va chet ellik sayyohlar uchun zamonaviy ekoturizm maskanini barpo etish va mavjud ekotizimni saqlab qolish maqsadida ajratilgan.

Bu yerda 2011 - yildan boshlab, ya’ni 10 yil davomida bosqichma-bosqich qurilish va bunyodkorlik ishlari olib borilgan. Barcha investitsiyalar temir yo‘l kompaniyasining byudjetdan tashqari mablag‘lari, jumladan daromadlari hisobidan amalga oshirilgan.

O‘tgan o‘n yil davomida dam olish maskani qurilishiga sarflangan investitsiyalar hajmi 495 milliard so‘mni tashkil etdi. Shu bilan bir qatorda, milliy bog‘ hududida tabiat va hayvonot olamini saqlash va rivojlantirish uchun zarur infratuzilmalar yaratildi, obyektgacha elektr tarmoqlari tortildi, avtomobil yo‘li va kichik suv ombori barpo etildi”¸ deyiladi “O‘zbekiston temir yo‘llari” rasmiy bayonotida.

Bayonotda “Shovvozsoy” majmuasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” tasarrufidagi “Nazarbek”, “Chimyon”, “Xojikent” va “Omonxona” kabi dam olish maskanlaridan biri sifatida taqdim qilinadi.

Shovvozsoy” majmuasi ham kompaniyada faoliyat yuritayotgan qariyb 90 ming temiryo‘lchilar va aholimizga sifatli xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqda.

Ushbu dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlarida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan shartnoma va yo‘llanmalar asosida, temiryo‘lchilar bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, turli vazirlik, idora va davlat tashkilotlari, mahalliy hokimliklar, shuningdek, respublikamiz aholisi va chet ellik investorlar, hamkorlar va sayyohlarga ekoturizm va ekstremal turizm, salomatlikni mustahkamlash va qayta tiklash xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda”¸ deyiladi bayonot davomida.

AJ Axborot-tahliliy media markazi mazkur bayonot tasdig‘i sifatida “Mission controle” qo‘shig‘i ostida videorolikni ham jamoatchilikka taqdim qildi. Bu video haqida sal keyinroq to‘xtalamiz.

“Shovvozsoy yo‘q. Tovoqsoy bor!”

“O‘zbekiston temir yo‘llari”ning bunday raddiyasi ortidan Ozodlik kompaniya tasarrufidagi dam olish maskanlari safida “Shovvozsoy” degan majmua bo‘lgan-bo‘lmaganini aniqlash maqsadida kompaniya pansionatlaridan biriga qo‘ng‘iroq qildi.

Pansionat mulozimi “O‘zbekiston temir yo‘llari” tizimida oddiy odamlar dam oladigan “Shovvozsoy” degan majmuaning yo‘qligini qayta -qayta takrorladi.

Bizning ro‘yxatda Nazarbek bor¸ Chimën bor¸ Xo‘jakent va Omonxona bor. Lekin Shovvozsoy degan joy yo‘q. Tovoqsoy bilan adashtiryapsiz shekilli. Bo‘stonliqda shunaqa joy bor¸ lekin u temir yo‘llariga qaramaydi. Bizning pansionatlarda¸ kim pulini to‘lasa¸ o‘sha dam olaveradi. Lekin Shovvozsoy degani yo‘q spiskada. Siz yana aniqlashtirib oling”¸ - deya maslahat berdi “O‘zbekiston temir yo‘llari” tasarrufidagi dam olish zonasi mulozimi.

Ochiq manbalardagi qidiruv “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufida temiryo‘lchi va mamlakat aholisi dam olishi mumkin “Shovvozsoy” deb nomlangan majmua oldin ham¸ hozir ham yo‘qligini ko‘rsatadi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” rasmiy sayti hamda Google qidiruv tizimiga “Shovvozsoy” majmuasi¸ “Shovvozsoy sanatoriysi” yoki “Shovvozsoy pansionati” degan so‘zlarni berilsa¸ Shovvozsoy so‘zining Ozodlik surishtiruvi va hukumatning Ugom-Chotqol biosfera rezervati haqidagi qarorlaridan boshqa joyda deyarli uchramasligi ko‘riladi.

Temiryo‘lchilar va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika kengashi rasmiy saytga qo‘ygan kompaniya tasarrufidagi pansionat va sanatoriylar ro‘yxatida “Shovvozsoy” degan majmua ham¸ pansionat yoki sanatoriy ham yo‘q.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" saytida berilgan dam olish maskanlari ro‘yxatida "Shovvozsoy majmuasi" degan joy yo‘q.
"O‘zbekiston temir yo‘llari" saytida berilgan dam olish maskanlari ro‘yxatida "Shovvozsoy majmuasi" degan joy yo‘q.

Ozodlik gaplashgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” mulozimlaridan biri o‘z kompaniyasi chiqargan bayonotni “xalq ustidan kulish” deb atadi.

2010 - yildan keyin Ramatov Shovvozsoyda o‘zi va hamtovoqlari ov qilishi uchun pansionat qurganini bilamiz. Lekin u joylarga oddiy temiryo‘lchining qadami tekkan emas. Mirziyoyevga Ramatov qurdirgan saroy ayni o‘sha pansionatning yonida. Dachadan keyin bu joylarga Temir yo‘ldagilardan ham sanoqli odam yaqinlasha oladi”¸ - deydi kompaniyaning shaxsi ochiqlanmasligini so‘ragan mulozimi.

Toshkentlik faol Aleksey Garshin bilan 2020 - yilning 3 - noyabr kungi telefon suhbatida Shovvozsoy majmuasi buyurtmachisi - “O‘zbekiston temir yo‘llari” Kapital qurilish direksiyasi bosh mutaxassisi ham ayni shu gapni aytgan edi.

U yerga kirish uchun maxsus ruxsatnoma kerak. Qurilishda qatnashayotgan bizning mutaxassislar ham¸ pudratchilar ham maxsus ro‘yxat va maxsus ruxsatnoma bilan kiradi. U yerga faqat cheklangan miqdordagi odamlargina kira oladi”¸ - deydi Garshin YouTube kanalida e’lon qilgan telefon suhbatida “O‘zbekiston temir yo‘llari” rasmiysi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari"ning yana bir mulozimi 25 - fevral kuni Ozodlikka shunday deb yozdi:

"Bu yolg‘on, O‘TYga buning umuman aloqasi yo‘q. Bu "muhtaramning dachasi" (Shavkat Mirziyoyev nazarda tutilmoqda -tahr.) Hamma buni yaxshi biladi. Ozodlik surishtiruvidan keyin ijtimoiy tarmoqdagi postlarda ham guvohlar chiqib shu gapni aytishyapti. Videoda Shovvozsoy deb ko‘rsatilayotgan joyning bu dachaga umuman aloqasi yo‘q".

Temiryo‘lchilar dam olishga vertolyotda boradimi?

Ochilboy Ramatov nazoratidagi kompaniya o‘z rasmiy bayonotida Ozodlik surishtiruvidagi Shovvozsoy majmuasining aynan prezident Mirziyoyev uchun qurilgani va xizmat qilayotganini tasdiqlovchi asosiy jihatlarni ochiq qoldirdi.

Agar bu majmua oddiy temiryo‘lchi dam olishi uchun qurilgan bo‘lsa¸ nega unga eltuvchi yo‘llarda bu qadar ko‘p shlagbaum va blokpost qo‘yilgan?

Nega ta’tilga kelgan temiryo‘lchilarni Milliy gvardiyaning maxsus kazarmasi qo‘riqlamoqda?

Oddiy temiryo‘lchilar ta’tilga vertolyotda kelib-ketadimi – majmuadagi to‘rtta vertolyot maydonchasi kimga xizmat qiladi?

Temir yo‘llarining yana qaysi obyektida “kichik suv ombori barpo etilgan”? Bu suv ombori “milliy bog‘ hududida tabiat va hayvonot olamini saqlash va rivojlantirishga” qanday xizmat qilmoqda? Shovvozsoy quyi oqimidagi Tut qishlog‘ining har yozda suvsiz qolishi ham shu xizmatga kiradimi?

"O‘zbekiston Temir yo‘llari"ning yana qaysi obyektida “kichik suv ombori" barpo etilgan, degan savol ochiq qolmoqda
"O‘zbekiston Temir yo‘llari"ning yana qaysi obyektida “kichik suv ombori" barpo etilgan, degan savol ochiq qolmoqda

Va nihoyat¸ temiryo‘lchilar dam oladigan yana qaysi maskan Mudofaa vazirligi tomonidan "uchish taqiqlangan zona" deb belgilangan? Dam olishga keladigan “temiryo‘lchilarni” havodan qo‘riqlash sababi nima?

Ozodlik “O‘zbekiston temir yo‘llari”ga surishtiruv davomida yuborgan bu kabi savollar 24 - fevral kungi rasmiy bayonotda ham ochiq qoldirildi.

XS
SM
MD
LG