Линклар

Шошилинч хабар
23 декабр 2024, Тошкент вақти: 10:16

Tolibon afg‘on-o‘zbek chegarasida biometrik ma’lumotlarni to‘plovchi uskunalarni o‘rnatdi


Tolibon nazorat punkti - Kobul, avgust, 2021
Tolibon nazorat punkti - Kobul, avgust, 2021

Termizdagi manbalarning Ozodlikka bildirishicha, Tolibon afg‘on-o‘zbek chegarasida biometrik ma’lumotlarini to‘plovchi maxsus qurilmalar o‘rnatgan.

Hozirda chegaradan odamlar asosan bir tomon - O‘zbekistonga, o‘zbek vizasi bilan o‘tkazilmoqda. Amudaryoning Afg‘oniston tomoniga esa ishbilarmonlar va yuklar o‘tayotgani ma’lum.

Ayni paytda Afg‘onistondagi manbalar Tolibon uyma-uy yurib, xorijliklar bilan hamkorlik qilganlar va Panjshirdagi qarshilik kuchlariga aloqador shaxslarni qidirayotganini aytmoqda.

Ayrim hududlarda aksiltolib kayfiyatdagi taniqli kishilarning qatl qilingani yoki hibsga olingani haqida ma’lumotlar bor, ammo toliblar bunday qatllar uchn mas’uliyatni zimmasiga olmayotir.

Bu orada toliblar bilan rasmiy Toshkent o‘rtasidagi qo‘shnichilik munosabatlari ko‘zga ko‘rina boshladi. O‘tgan hafta O‘zbekistondan 300 ga yaqin yuk vagonlari Afg‘onistonga o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi. Hozircha poyezdlarga qanday yuk ortilgani haqida ikki tomon ham rasman ma’lumot bergani yo‘q.

Ammo Ozodlikning O‘zbekistondagi hukumat idoralari va Mozori Sharif shahridagi manbalariga ko‘ra, yuklarning asosiy qismi oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat.


Mozori Sharif shahrida qolayotgan mahalliy o‘zbeklardan biriga ko‘ra, 5 - sentabr kuni toliblar O‘zbekiston bilan chegaradagi Hayraton o‘tkazish punktiga o‘tuvchilarning biometrik ma’lumotlarini yig‘uvchi uskunalarni o‘rnatgan.

Bu uskunalarni ishlayotgan xodimlar esa, norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonning oldingi hukumati paytida mamlakat ichki ishlar vazirligi, ya’ni afg‘on politsiyasi tarkibida ishlagan xodimlardir.

“Tunov kunigacha (5 - sentabr - tahr) Afg‘oniston tomonidan O‘zbekistonga odamlar o‘tkazilayotgan edi, O‘zbekiston vizasi bilan. Lekin kechadan boshlab toliblar chegara postida biometrik mashinalar o‘rnatishgan. Unda eski hukumat paytida Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari tarkibida ishlagan xodimlar ishlayapti. Ularning qo‘llarida avvalgi hukumat paytida tuzilgan ro‘yxatlar bor – muqaddam jinoyati bo‘lganlar, mamlakatdan chiqishga ruxsati bo‘lmaganlar yoki chet elliklar bilan ishlaganlar. Toliblar bu ro‘yxatdagi odamlarni mamlakatdan chiqarmayapti, O‘zbekistonga vizasi bo‘lsa ham”, - deydi afg‘onistonlik o‘zbek, ismi sir qolishi sharti bilan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondan O‘zbekistonga o‘tayotganlarning asosiy qismi ishbilarmonlar – afg‘onistonlik va o‘zbekistonlik savdogarlar hamda ularning yuklari.

Surxondaryo viloyatidagi hokimiyat idoralariga yaqin manba ham bu ma’lumotni tasdiqladi. Uning Ozodlikka aytishicha, toliblar Afg‘onistonda hududlarni birin-ketin bosib olayotgan payt O‘zbekiston tomonida katta sonda yuk ortilgan poyezdlar to‘xtab qolgan edi.

“400 tacha vagonda shakar, un, guruch, yog‘ kabi oziq-ovqat mahsulotlari yig‘ilib qolgan edi. Shuning 300 tasini o‘tkazib yubordik. Yengil mashinalarda ham Afg‘oniston orqali Pokistonga mahsulotlar o‘tkazilyapti”, - dedi shaxsini sir tutgan mulozim.

Tolibon shu yilning 15 - avgust kuni Kobulda hokimiyatni qo‘lga olganidan buyon Amudaryoning har ikki tomonidan o‘zaro aloqalar, birinchi navbatda savdo aloqalarini tiklashga hozirlik borasida ishoralar tobora qat’iylashmoqda.

O‘zbekiston Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Kobuldagi oldingi hukumat bilan mintaqaviy loyihalar borasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi muhimligini aytgan.

1 - sentabr kuni O‘zbekistonga tegishli ikki poyezd yuk temir yo‘l bilan Afg‘onistonga kirib bordi. Bu toliblar mamlakatni nazoratga olganidan buyon mamlakatga kiritilgan ilk tijoriy sostav bo‘ldi.

Tolibon rahbariyati, O‘zbekiston mustaqillik kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida O‘zbekistonni o‘ziga “sherik” deb atab, Toshkent ilgari surgan mintaqaviy loyihalarda ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

"Biz O‘zbekiston ishtirokida Afg‘onistonda infratuzilma loyihalarini, xususan, temir yo‘l va elektr uzatish liniyalarini qurishni davom ettirishdan manfaatdorligimizni tasdiqlaymiz. Afg‘oniston Islom Amirligi o‘zbekistonlik sheriklarimizga bu yo‘nalishda barcha zarur yordamni beradi”.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistondan Afg‘onistonga ketishni istovchi afg‘onistonliklarga ham yo‘l ochiq, ammo ketishni istovchilar qariyb yo‘q.

Termizdagi Afg‘oniston Bosh konsulligi 2 hafta muqaddam bergan rasmiy ma’lumotda, O‘zbekiston hududida 2 ming atrofida afg‘onistonlik borligini bildirgan.

Ularning aksari o‘zi va ortda qolgan yaqinlarining hayotidan xavotirda.

Mozori Sharifdagi afg‘onistonlik o‘zbekning aytishicha, shu kunda Toliblarning xavfsizlik kuchlari uyma-uy yurib, o‘z dushmanlarini qidirish amaliyotlarini boshlab yuborgan.

“Hozir qatllar ko‘paygan. Qo‘mondonlar, avvalgi hukumatda ishlagan, xavfsizlik kuchlarida ishlagan kishilarni kallasini kesib ketishgan. Ammo, toliblar bu qatllar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmayapti. Hozir asosan, o‘zining ro‘yxatidagi kishilarni qidirishyapti, imi-jimida topib, olib ketishyapti. Ahvol shunday”.

Ijtimoiy tarmoqlarda ham Tolibon tekshiruvlarni boshlangani, tekshiruvda aniqlangan shaxslarni jazolayotgani aytilgan xabarlar ko‘paymoqda.

Ayniqsa, Telegram tarmog‘idagi turli kanallar bu tekshiruvlarda asosan, toliblar qo‘li yetmagan so‘nggi hudud - Panjshir dovonidagi toliblarga qarshi kurashayotgan guruhlarga aloqador kishilar qidirilayotgani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Tolibon tomonidan qatl qilingan kishilarning jasadi aholiga namoyish qilinayotgani haqidagi xabarlar ham yoyildi. Bu xabarlarni mustaqil yoki rasmiy manbalari orqali tasdiqlash imkonsizligicha qolmoqda.

Толибон Панжшир устидан ғалабани эълон қилди - қаршилик кучлари толиблар иддаосини рад этмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:44 0:00

AQShning so‘nggi askari Afg‘onistonni 30 - avgust kuni oqshom tark etdi. Shuning bilan, Amerika harbiylari ishtirokida Kobul aeropotida davom etgan qonli evakuatsiya jarayoni ham to‘xtadi.

Ammo ayni paytda mamlakatdagi xorij fuqarolari va ular bilan birga ishlagan minglab odam qolmoqda.

AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nuland Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonda qolayotgan amerikaliklarni olib chiqib ketish uchun mumkin bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishda davom etayotganini aytdi.

«Dilomatlarimiz Kobuldan qaytishdi, u yerdagi missiyamiz to‘xtatildi, xabaringiz bor. Shunday bo‘lsa-da, Afg‘onistondagi hamkorlarimiz va ittifoqchilarimiz bilan diplomatik hamkorligimiz to‘xtovsiz davom etmoqda. Eng avvalo bizning departament va Davlat kotibining shu kundagi birlamchi ishi, Afg‘onistonni tark etish istagida bo‘lgan har bir amerikalik, hamkorlarimiz va Afg‘oniston fuqarolarni evakutsiya qilish bo‘lib qolmoqda”.

Toliblar hukumati va Afg‘onistonning keyingi taqdiri ularning xalqaro hamjamiyat tomonidan qanchalik tan olinishiga bog‘liq bo‘ladi.

Hozircha Tolibon xalqaro maydonda rasman tan olinishi uchun muhim masalalar, jumladan, g‘arb koalitsiyasi bilan hamkorlik qilganlardan o‘ch olmaslik, mamlakatdagi barcha etnik guruhlarning haqlariga rioya etish va ayollar huquqlarini hurmat qilish borasida qator va’dalarni bergan.

XS
SM
MD
LG