Qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan tadbir Milliy matbuot markazidan quvib chiqarildi

Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, milliondan ziyod o‘zbek "qizil terror" va Stalin qatag‘onlari qurboni bo‘lgan.

29 dekabr, kunning ikkinchi yarmida Toshkentdagi Milliy matbuot markazida, siyosiy qatag‘onlar qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab, bir guruh jamoatchilik faollari uyushtirgan tadbir boshlanishi bilanoq chiroq o‘chirildi va oradan ko‘p o‘tmay tadbir ishtirokchilarini binodan Matbuot markazi qo‘riqchilari majbur chiqarib yubordi.

Bu haqda Ozodlikka tadbir muvofiqlashtiruvchisi xabar qildi.

1918 yilda boshlangan “qizil terror”ning 100 yilligi hamda 1937-38 yillardagi Stalin qatag‘onlarining 80 yilligi munosabati bilan uyushtirilgan ilmiy anjuman muvofiqlashtiruvchisi Anvar Nazirning Ozodlikka aytishicha, anjumanni o‘tkazish uchun Milliy matbuot markazi rahbariyati bilan oldindan kelishilgan, binoning ijarasi uchun oldindan pul ham to‘lab qo‘yilgan edi.

Anjuman ishida 50 dan tarixchi olimlar, tadqiqotchilar, jurnalistlar, jamoatchilik faollari qatnashayotgan edi.

“Tadbirimizda hammasi bo‘lib 18 ta ma’ruza tinglanishi rejalashtrilgan edi. Anjuman boshlanishi bilanoq chiroqni o‘chirishdi. Shunga qaramay, ishimizni davom ettirishga urindik, lekin uchinchi ma’ruzadan keyin qo‘riqchilar bizni chiqib ketishga majbur qildi”, -dedi Anvar Nazir.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Anvar Nazir: Bizni Milliy matbuot markazidan quvishdi

Ozodlik 29 dekabr kuni anjuman qatnashchilari nega chiqarib yuborilganini so‘rash uchun Milliy matbuot markazi rahbariyati bilan bog‘lanishga urindi, lekin javob ololmadi.

Toshkentlik siyosatshunos Anvar Nazir va uning maslakdoshlari bundan oldin o‘tkazmoqchi bo‘lgan tadbirlar, xususan shoir Rauf Parfiga bag‘ishlangan tadbir ham to‘sqinlikka uchragan edi.

Quvilishdan bir necha soat muqaddam...

29 dekabr, kunning birinchi yarmida, siyosiy qatag‘onlar qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan tadbir boshlanishidan bir necha soat oldin Anvar Nazir bilan bog‘lanib, quyidagi suhbatni yozib olgan edik:

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Quvilishdan bir necha soat oldin...