- Prezident portali, Bosh vazir qabulxonasi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi – xullas, barcha idoralarga murojaat qildim, lekin masalam hal bo‘lmayapti, - dedi OzodMikrofonga jizzaxlik 40 yashar Ulug‘bek Murodov.
Uning iddao qilishicha, mahalliy rahbarlar turli bahonalar bilan unga bobosidan meros qolgan 88 so‘tixlik hovlini rasmiylashtirib bermayapti, natijada Vazirlar Mahkamasining 2018 yil, 21 iyundagi qarori bajarilmayapti.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
Hukumat 21 iyundagi qarorini mamlakat prezidentning “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida” 2018 yil 20 apreldagi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilgan edi.
“Shu qaror chiqqanidan beri yuguraman, hokimning bir-ikki qaroriyam chiqdi. Bittasida yer maydoni hajmi boshqacha ko‘rsatilib qoldi. Boshqa bir hujjatda otamning ismi boshqacha yozilib qoldi, kadastr idorasi qayd etishi kerak bo‘lgan qurilmalarni inobatga olmadi, xullas ishim bitmayapti”, dedi Ulug‘bek Murodov.
Ulug‘bek Murodovdan bitta oilada 88 so‘tix yer bo‘lishi mumkinmi, deb ham so‘radik.
- Biz tomonlarda hovlisi 1, 1,5 gektarlilar ham bor,- dedi Ulug‘bek Murodov va quyidagi hujjatni jo‘natdi.
OzodMikrofon eshittirishi formatidan kelib chiqib, Ulug‘bek Murodov bilan o‘tkazilgan suhbatnigina berar ekan, Ozodlik u o‘z iddaolarida mutlaqo haq demoqchi emas.
Ozodlik Baxmal tuman hokimligining ham Ulug‘bek Murodovning hovlisi bilan bog‘liq bildiruvini eshitish va eshittirishga tayyor.