“MIB chiqargan qarorni o‘zining xodimlari tan olmayapti” (VIDEO)

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridan OzodMikrofon ga arz qilgan tadbirkor Suhrob Qosimovning aytishicha, MIBning Qarshi shahar bo‘limi sudning qarori bilan undan undirilishi lozim bo‘lgan 35 million so‘mni ish haqidan oyma-oy ushlab qolish haqida qaror chiqargan. Ammo ikki oydan so‘ng MIB xodimlari yana uning uyiga kelib, barcha pulni birvarakayiga to‘lashni talab qilmoqda:

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

“MIB chiqargan qarorni o‘zining xodimlari tan olmayapti”

“Qashqadaryo viloyat sudi tomonidan Qarshi shahar MIBga qarzdorlikni undirish bo‘yicha qaror chiqarilgan va undiruvga qaratilgan. Mening mol-mulkim bo‘lmaganligi va pulni to‘liq qoplash imkonii bo‘lmaganligi sababli oylik ish haqimning 50 foizini to‘lab borishim haqida MIB talabnoma chiqargan edi. Ikki oy shunday to‘lab bordim, lekin ular yana uyga bostirib kelib hammasini birdaniga to‘lashni talab qilmoqda. MIB o‘zlari chiqargan qarorni o‘zlari inkor qilmoqda”.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

MIB xodimlari qarzdorning telefonini tortib olgan holati

Qarshi shahar MIBning Suhrob Karimovga nisbatan chiqargan Talabnomasida undiriladigan pul mablag‘i maoshidan ushlab qolinishi aytilgan

-------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!