Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2024, Тошкент вақти: 10:55

O‘qituvchi va shifokorni majburiy mehnatga chiqarish qaror bilan taqiqlanadi


Andijonda o‘qituvchilar Mirziyoev kelishi oldidan majburiy mehnatga safarbar qilingan edi
Andijonda o‘qituvchilar Mirziyoev kelishi oldidan majburiy mehnatga safarbar qilingan edi

O‘qituvchi va shifokorlarni o‘z kasbidan tashqari boshqa ishlarga majburan jalb qilinishi prezident Mirziyoev tomonidan keskin tanqid qilinganidan so‘ng, prezident matbuot kotibi Komiljon Allamjonov bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori tayyorlanayotganini bildirdi. Prezident tilga olgan ko‘zbo‘yamachilik ishlari, samarqandlik o‘qituvchi Diana Yenikeevaning ko‘cha supirishda mashina urib ketib, halok bo‘lgani haqida Ozodlik birinchi bo‘lib xabar bergan edi.

Ўқитувчи ва шифокорни мажбурий меҳнатга чиқариш қарор билан тақиқланади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:03 0:00
Бевосита линк

17 aprel kuni Toshkentda o‘tkazilgan matbuot brifingida Komiljon Allamjonov prezidenti topshirig‘i bilan “aholini, ayniqsa, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasi xodimlari, talabalarni obodonlashtirish ishlariga jalb etishni qat’iy taqiqlash bo‘yicha” Vazirlar Mahkamasining qarori ishlab chiqarilishini ma’lum qildi.

-Ushbu qarorda joylarda obodonlashtirish xizmatlari faoliyatini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora tadbirlar ham aks etadi. Bunda xorijiy davlatlarning bu boradagi tajribasi inobatga olinadi. Fuqarolarning jamoat ishlariga majburlash holatlari shundan keyin ham qaytarilsa, prezident ta’kidlaganidek, jazo qattiq bo‘ladi. Jumladan, jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan choralar ko‘riladi, - dedi Komiljon Allamjonov.

Matbuot kotibining bu bayonoti Prezident Mirziyoev 13 aprel kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanidagi yig‘ilishda uning joylarga tashrifi oldidan ijtimoiy soha vakillarining obodonlashtirish ishlariga jalb qilinayotgani, ayrim joylarda jiddiy “ko‘zbo‘yamachilik”ka yo‘l qilinayotganini keskin tanqid qilgani ortidan yangradi.

Komiljon Allamjonovning aytishicha, prezident joylardagi ko‘zbo‘yamachilik ishlaridan o‘zining qattiq noroziligini bildirib, qayd etilgan ishlar yuzasidan prokurorlik tekshiruvi o‘tkazishni buyurgan:

- Jumladan, Qashqadaryoda yo‘l bo‘yida yasalgan soxta issiqxonalar, Jizzaxdagi tibbiyot muassasasida eski jihozlar o‘rnatilgani va kasallarni onlayn ro‘yxatga olish dasturi ishlamasligi kabi holatlar tekshiriladi, - dedi matbuot kotibi.

Qashqadaryoda Mirziyoev tashrifiga shoshilinch tarzda “xo‘jako‘rsin”ga issiqxonalar barpo etilayotgani haqida Ozodlik 25 yanvarda birinchi bo‘lib xabar bergan edi.

Ozodlik mobil muxbirlari yuborgan videolarda yo‘l chetiga ichida hech narsasi yo‘q parniklar barpo qilinayotgani aks etgan edi.

Қашқадарëда Мирзиëевнинг келишига хўжакўрсинга парниклар қурилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:39 0:00

“Mirziyoev o‘tish kerak bo‘lgan Qarshi-Qamashi yo‘lining ikki chekkasiga qator qilib parnik qilishyapti. Hamma kuch hozir shu yerga tashlangan. Eni bir metrcha bo‘lgan joyga pasttakkina qilib tselofan yopib ketishyapti. Lekin buning xo‘jako‘rsinga qilinayotganini hamma biladi. Ertaga bu parniklar yo‘q bo‘lib ketishini ham, undan hech kim bir so‘m daromad ololmasligini ham hamma biladi”, degan edi Ozodlikning mobil muxbiri.

16 mart kuni Ozodlikka ayni parniklarning prezident safari o‘tib bo‘lganidan keyingi bugungi ahvoli aks etgan videotasvir yuborildi. Ayni yo‘l bo‘ylab qilingan sayohatdan parniklarning faqat prezidentga ko‘rsatish uchun qurilgani anglashiladi.

Қашқадарёдаги сохта "теплица"нинг бугунги ҳолати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:24 0:00
Бевосита линк

Matbuot kotibi Komiljon Allamjonov, prezident samarqandlik o‘qituvchi Diana Yenikeevaning o‘limiga sababchi bo‘lgan amaldorlarni yuridik javobgarlikka tortish haqida ham topshiriq berganini aytdi:

-Samarqandlik o‘qituvchi Diana Yenikeevaning bevaqt o‘limiga sababchi bo‘lgan mansabdor shaxslarni yuridik javobgarlikka tortish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Hozirda bu hodisa bo‘yicha o‘rganish olib borilmoqda, - dedi prezident matbuot kotibi.

Kattaqo‘rg‘on tumani markazidagi 42- umumta’lim maktabining mehnat o‘qituvchisi Diana Yenikeevani 14 mart kuni Suv ombori qishlog‘idan o‘tuvchi avtomobil yo‘lini tozalashga olib chiqilgan paytda KamAZ yuk mashinasi urib yuborgani haqida ham Ozodlik birinchi bo‘lib yozgan edi.

Diana Yenikeeva oilasi bilan
Diana Yenikeeva oilasi bilan

Bu haqda jurnalistik surishtiruv olib borgan o‘zbekistonlik Karimberdi To‘xtamurod, bosimga uchraganligi haqida Ozodlik xabar bergan edi.

Mahalliy nashrlarda ham shov-shuvga sabab bo‘lgan bu hodisa ortidan, mahalliy rasmiylar Diana Yenikeeva majburiy mehnatga olib chiqilmagani va u baxtsiz hodisa qurboni bo‘lgani haqida bayonot berdilar.

O‘qituvchini faqat umumxalq hasharida qatnashganini iddao qilgan rasmiylarning bayonotidan so‘ng, o‘qituvchilarning xavfsizligini ta’minlay olmagan degan ayb bilan, Kattaqo‘rg‘on tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri va maktab direktori ishdan olindi.

Prezident Mirziyoev 13 aprel kuni Sayxunobod tumanida qilgan chiqishida, Diana Yenikeevaning o‘limida o‘zini ham aybdor his qilganini aytdi:

“Men samarqandlik o‘qituvchining vafoti haqida eshitdim. Qanaqadir direktor, rahbar yoki hokim qachondir mehmon keladi, deb ikki-uch kun oldin aytgan. Lekin, mening yuragimda bu xuddiki, men tufayli yuz bergandek tuyuldi. Yana bir bora va so‘nggi marta barcha rahbarlarni alohida ogohlantiraman: bundan buyon bironta hududda o‘qituvchi, shifokor yoki talabalar obodonlashtirishga jalb etilsa, jazo juda qattiq bo‘ladi. Ishdan olish bilan birga o‘sha rahbar qonun oldida javobgar bo‘ladi. Menga farqi yo‘q, juda katta xizmat qilgan hokim bo‘lsa ham, u ishdan ketadi. Men buni aytishga majburman, chunki bu davom etmoqda”, dedi prezident.

XS
SM
MD
LG