Линклар

Шошилинч хабар
19 ноябр 2024, Тошкент вақти: 16:23

Talaba yigit o‘rik daraxtiga osilgan holda topildi


Farg‘ona politexnika instituti talabasi oliygoh bog‘ida osilgan holda topildi
Farg‘ona politexnika instituti talabasi oliygoh bog‘ida osilgan holda topildi

4 mart kuni ertalab Farg‘ona politexnika institutining 2-kurs talabasi oliygoh bog‘idagi o‘rik daraxtiga osilgan holda topildi. Prokuratura talaba yigitning o‘limi sabablari o‘rganmoqda. Talabaning o‘z joniga qasd qilishiga olib kelgan sabab va motivlar hozircha ma’lum emas.

O‘rikka osilgan talaba

Voqea tafsilotlaridan xabardor manbaning ismini oshkor qilmaslik sharti bilan Ozodlikka bildirishicha, talaba yigit 3 mart kuni tunda o‘zini osgan:

O‘zini osgan talaba
O‘zini osgan talaba

“Bu bola kecha- 3 mart kuni politexnika instituti bog‘idagi o‘rikka o‘zini osgan. Bugun ertalab oliygoh qorovuli uni o‘lik holda topgan va institut rahbariyatiga xabar bergan”, deydi voqea tafsilotlaridan xabardor manba.

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanidan bo‘lgan 24 yashar talaba yigitning ismi-sharifi Ozodlikka ma’lum, ammo voqea o‘rganish jarayonida bo‘lgani uchun bu ma’lumot ochiqlanmayapti.

Farg‘ona politexnika instituti rahbariyati talaba yigitning osilgan holda topilganini tasdiqladi.

“Talaba 1995 yilda tug‘ilgan. Institutimizning qurilish bo‘limida, Geodeziya, kartografiya va kadastr yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi kursda o‘qirdi. Bugun ertalab xabar topib, hammamiz shokda o‘tiribmiz”, dedi o‘zini tanishtirmagan oliygoh mas’uli.

Motivlar...

Talabaning o‘limi haqida Ozodlikka xabar bergan manba iddaosiga ko‘ra, shartnoma pulini to‘lay olmagani talabaning o‘zini osib, o‘ldirishiga sabab bo‘lgan.

“O‘lim sababi taxmin qilinishicha, rektor, dekan va kurator talabadan kontrakt pulini to‘lashni qattiq talab qilgan va bola buning oqibatida shokka tushgan. Uydagilariga esa pul muammo bo‘lgan va bola institutda nishonga aylangan, kim ko‘rsa, so‘kavergan. Nimaga rahbariyat talabaga imkon berishmadi? Hali mart oyi bo‘lsa, to‘lardiku”, deydi voqea tafsilotlaridan xabardor manba.

Oliygoh mas’uli esa bu taxminni inkor qildi.

“To‘g‘ri u talaba hali kontrakt pulini to‘lamagan. Lekin ota-onasi o‘ziga to‘q odamlar ekan, ularda pul muammosi yo‘q ekan. Kontrakt puli uning o‘zini o‘ldirishiga sabab bo‘lishi haqiqatdan uzoqroq. Hozir sabablarini ayta olmaymiz. Chunki o‘zimiz bilmaymiz”, dedi oliygoh mas’uli.

Mas’ulga ko‘ra, talabaning o‘limi yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi surishtiruv olib borayapti.

“Ertalab xabar topishimiz bilan huquq-tartibot idoralariga murojaat qildik. Ular kelib, talaba murdasini ekspertiza qilish uchun olib ketishdi. Hozir talabaning ota-onasini ham chaqirtirganmiz. Ular ham shok holatida o‘tirishibdi”, dedi oliygoh mas’uli.

Ozodlik Farg‘ona shahar prokuraturasidan bu voqeaga munosabat ololmadi.

"Suitsid ko‘paymoqda"

O‘zbekistonda yoshlar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘paygani kuzatilmoqda.

O‘tgan uch oy davomida Ozodlikka bildirilgan ana shunday sakkizta voqea haqida xabar berildi.

26 fevral kuni Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanidagi 13-umumta’lim maktabining 10-sinf qizbola o‘quvchisining jasadi o‘z uyida topilgan.

24 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahridagi 11-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi o‘z uyi ayvoni to‘siniga osilgan holda topildi.

Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 9-maktabning 11-sinfida o‘qiydigan bola 7 fevral kuni uyidagi molxonada osilgan holda topildi.

Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida kollej o‘quvchisi bo‘lgan 17 yoshli qiz o‘z uyida osilgan xolda topildi. 22 yanvar kuni ro‘y bergan ushbu hodisa haqida Ozodlikka marhumning kursdoshlaridan biri 31 yanvar kuni xabar qildi.

Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanining 27-umumta’lim maktabining 14 yashar o‘quvchisi 17 yanvar kuni uyining molxonasida osilgan holda topilgan.

15 yanvarda Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 4-bosqich talabasi osilgan holda topildi. Kursdoshlarining Ozodlikka aytishicha, talaba o‘zini o‘zi osgan bo‘lishi mumkin.

Jizzax viloyat, Forish tumanidagi Maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining 3-bosqich o‘g‘il bola o‘quvchisi 6 yanvar kuni osilgan holda topilgan edi.

Bu haqda Ozodlikka xabar bergan kollej o‘qituvchisining aytishicha, 28 dekabr kuni 3-bosqichda o‘qiydigan yana bir o‘quvchi - qiz bola osilgan holda topilgan.

Hukumatning suitsidga qarshi tadbirlari

Prezident Shavkat Mirziyoev 2017 yilning 22 dekabrida o‘tgan hukumat yig‘ilishida, mamlakatda o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘payganini ta’kidlab, mutasaddi idoralarni ushbu muammoga e’tibor qaratmayotganlikda ayblagan edi.

Joriy yilning 15 fevral kuni esa prezident o‘z joniga qasd qilishning oldini olishga qaratilgan maxsus qaror ham qabul qildi.

2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi prezident qaroriga muvofiq
Sog‘liqni saqlash vazirligi lavozimlari ro‘yxatiga “O‘zbekiston Respublikasi Bosh psixiatri” va “O‘zbekiston Respublikasi Bosh suitsidologi” lavozimlari kiritildi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, har yili mamlakatda 100 ming kishidan 6 nafari o‘zini o‘ldiradi.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotida dunyo bo‘yicha har 40 sekundda bir odamning o‘zini o‘ldirishi¸ 20 odamning esa o‘z joniga qasd qilishga urinishi aytiladi.

Талаба йигит ўрик дарахтига осилган ҳолда топилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:05 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG