Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:35

“Ishxonam ishga tushganidan 17 kun o‘tib buzildi, tovon puli berishmayapti”


Tadbirkorning savdo va maishiy xizmat majmuasi buzilishdan oldin shunday edi
Tadbirkorning savdo va maishiy xizmat majmuasi buzilishdan oldin shunday edi

Farg‘ona viloyat, Rishton tumanining Topoldiyev MFYda yashaydigan tadbirkor, 35 yashar Adham Isoqovning OzodMikrofonga arz qilishicha, joriy yilning may oyida uning do‘koni va maishiy xizmatlar majmuasi binosi buzib tashlangan, ammo shu paytgacha hokimlik tovon pulini bermagan.

“Oshxonam, gilamxonam, chevarxonam, go‘zallik salonim bor edi. 25 ish o‘rni bor edi. Bitganiga 17 kun bo‘lgan edi. 17 may kuni majburan buzib tashlashdi. Kompensatsiya pulimizni beramiz deganidan keyin men va yana shu ko‘chadagi 14 ta tadbirkor qarshilik qilmadik. Buzishga buzishdiyu, endi esa kompensatsiya pulini berishmayapti. Bu prokuror sektoridagi joy edi. Prokurorga kirdim, 11 marta hokimning qabuliga kirdim. Aytadiki, sizlarning joylaringiz “qizil liniya”ga tushmagan ekan, deydi. Tushmagan bo‘lsa, nega buzdilaring desam, sabr qilinglar ana beramiz, mana beramiz deb ovora qilishyapti. Men bankdan 560 million so‘m kredit olganman. Bo‘ynimda qarz bo‘lib turibdi. Bu yoqda esa ahvol bunday. Prezidentimiz aytgan ediku, avval tovon pulini to‘lab keyin buz deb. Juda ham qiyin ahvolda qoldim”

“Қизил линия”га тушмаган бўлса, нега буздингиз?”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:09 0:00
Бевосита линк
Tadbirkorning savdo va maishiy xizmat majmuasi buzilishdan oldin shunday edi
Tadbirkorning savdo va maishiy xizmat majmuasi buzilishdan oldin shunday edi

Tadbirkorning savdo va maishiy xizmat majmuasi joyining bugungi ko‘rinishi
Tadbirkorning savdo va maishiy xizmat majmuasi joyining bugungi ko‘rinishi

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG