Линклар

Шошилинч хабар
15 ноябр 2024, Тошкент вақти: 11:34

Mirziyoyev BMTda nutq so‘zladi, Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissarni O‘zbekistonga taklif qildi


22 - fevralda prezident Shavkat Mirziyoyev BMTning inson huquqlari kengashida ma’ruza qildi. Prezident so‘zi avvalida O‘zbekiston tarixda ilk marta bunday kengashga ma’suliyatni his etgan holda kirganini, mamlakatda ortga qaytmaydigan demokratik islohotlar boshlanganini qayd etdi.

Prezident Mirziyoyevga ko‘ra, O‘zbekiston 2030 - yilgacha mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlarini insonning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashni ko‘zda tutadigan “hech kimni e’tibordan chetda qoldirmaslik” tamoyili asosida amalga oshiradi.

Iddaolariga izoh bergan davlat rahbari gap BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissariyati ekspertlari ishtirokida ishlab chiqilgan Inson huquqlari bo‘yicha milliy strategiyani amalga oshirish to‘g‘risida borayotganini aytdi.

Shuningdek, gender siyosati masalasiga to‘xtalib, ijtimoiy-siyosiy hayotda ayollar rolini oshirish, Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollarining mintaqaviy biznes-forumi va muloqotini o‘tkazishini aytdi.

Prezident o‘z nutqida Parlament “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi xalqaro Konvensiya hamda Qiynoqlarga qarshi konventsiyaning Fakultativ protokolini ratifikatsiya qilishni mo‘ljallayotganini xabar qildi.

O‘zbekiston rahbarining iddaosicha, nogironlarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan milliy qonunchilik allaqachon takomillatirishgan, qiynoqlarning oldini olishga qaratilgan strategik chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

“Aholimizning yarmidan ko‘pini tashkil etadigan yoshlar huquqlarini himoya qilish doimo e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda. BMT shafeligida Yoshlar huquqlari bo‘yicha butunjahon konferensiyasini o‘tkazish, Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya loyihasini taqdim etish va Yoshlar huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachi institutini ta’sis etish masalasini kiritishga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz” dedi prezident.

Prezident o‘z so‘zida mamlakatda majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berilgani, hatto “Bolalar Ombudsmani to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishi rejalashtirilayotganiga urg‘u berdi.

Shuningdek, prezident O‘zbekistonning ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida BMTning inson huquqlari sohasidagi Ixtiyoriy badallar jamg‘armasiga o‘z hissasini qo‘shishi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar sonini kamaytirish maqsadida yana 20 ming nafar shaxsga fuqarolik berilishini va’da qildi.

Prezident Mirziyoyev BMT inson huquqlari kengashidagi chiqishida nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida kodekslar ishlab chiqilayotganini aytdi. E’tiqod erkinligi, sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachilarining tavsiyalariga amal qilinishini e’tirof etdi.

Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar Mishel Bachelet xonimlarining yurtimizga tashrifini kutib qolamiz — dedi prezident, inson huquqlari bo‘yicha Samarqandda 2 yilda bir marta o‘tadigan Forumga urg‘u berib.

Ayni paytda xalqaro tashkilotlar, jumladan, Human Rights Watch (HRW) inson huquqlari tashkiloti o‘tgan oy yoyinlangan hisobotida O‘zbekistonda so‘nggi yillarda o‘tkazilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga qaramay, siyosiy tuzum "asosan avtoritarligicha” qolayotgani urg‘ulangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga so‘nggi marta BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn boshchiligidagi delegatsiya 2017 - yilning mayida kelgan. Andijon voqealarini tekshirish uchun 2007 - yilda Toshkentga kelgan Oliy komissar Luiz Arbur mamlakatga kiritilmagan.

XS
SM
MD
LG