емайл: bekievam@rferl.org Facebook: @Mehribon.Bekieva
"Avtotest-Report" MChJning sxemasini fosh qilganini iddao qilayotgan blogerga ko‘ra, shirkat soliqdan qochish maqsadida Samarqandda filial ochish o‘rniga o‘z vakolatlarini uchinchi yuridik shaxsga bergan.
"Аvtotest-Report" МЧЖнинг схемасини фош қилганини иддао қилаётган блогерга кўра, ширкат солиқдан қочиш мақсадида Самарқандда филиал очиш ўрнига ўз ваколатларини учинчи юридик шахсга берган.
O‘zbekiston parlamenti deputatlari "Avtotest-Report" MChJ monopoliyasiga qarshi chiqib, yuridik shaxslar avtomobillari uchun aynan ushbu firmadan majburiy sertifikat olishi borasidagi hukumat qaroriga qarshi chiqdi. Deputatlar ushbu qarorni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga so‘rov jo‘natishni rejalashtirmoqda.
Ўзбекистон парламенти депутатлари "Аvtotest-Report" МЧЖ монополиясига қарши чиқиб, юридик шахслар автомобиллари учун айнан ушбу фирмадан мажбурий сертификат олиши борасидаги ҳукумат қарорига қарши чиқди. Депутатлар ушбу қарорни қайта кўриб чиқиш бўйича Вазирлар Маҳкамасига сўров жўнатишни режалаштирмоқда.
Qozog‘iston va Qirg‘izistonda kuzatilayotgan anomal sovuq O‘zbekistonga ham kirib kelmoqda. "O‘zgidromet" ma’lumotiga ko‘ra, 27 yanvardan boshlab bir necha kun o‘ta sovuq bo‘ladi, ayrim hududlarda harorat -28 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
Қозоғистон ва Қирғизистонда кузатилаётган аномал совуқ Ўзбекистонга ҳам кириб келмоқда. "Ўзгидромет" маълумотига кўра, 27 январдан бошлаб бир неча кун ўта совуқ бўлади, айрим ҳудудларда ҳарорат -28 даражагача пасайиши кутилмоқда.
O‘zbekiston hukumati Aqto‘be fojiasi oqibatlari bo‘yicha qaror qabul qilib, bundan keyin bu kabi fojiali voqealar takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qator tadbirlar belgiladi. Endilikda avtotransportda xorijga chiqayotgan fuqarolar xavfsizligi kuchaytiriladi. Shuningdek, mehnat muhojirlari uchun samolyot va poezdlar chiptalari arzonlashtirilib, reyslar soni ko‘paytiriladi.
Ўзбекистон ҳукумати Ақтўбе фожиаси оқибатлари бўйича қарор қабул қилиб, бундан кейин бу каби фожиали воқеалар такрорланишига йўл қўймаслик учун қатор тадбирлар белгилади. Эндиликда автотранспортда хорижга чиқаётган фуқаролар хавфсизлиги кучайтирилади. Шунингдек, меҳнат муҳожирлари учун самолёт ва поездлар чипталари арзонлаштирилиб, рейслар сони кўпайтирилади.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi e’lon qilgan Aqto‘be qurbonlarining taxminiy ro‘yxatiga Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidan 28 yashar Ramil Turg‘unboev ham kiritilgan.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi e’lon qilgan Aqto‘be qurbonlarining taxminiy ro‘yxatiga Toshkent shahri Sergeli tumanida yashovchi 20 yashar Muhiddinjon Umarjonov ham kiritilgan.
Ўзбекистон Фавқулодда вазиятлар вазирлиги эълон қилган Ақтўбе қурбонларининг тахминий рўйхатига Тошкент шаҳри Сергели туманида яшовчи 20 яшар Муҳиддинжон Умаржонов ҳам киритилган.
Ўзбекистон Фавқулодда вазиятлар вазирлиги эълон қилган Ақтўбе қурбонларининг тахминий рўйхатига Сурхондарё вилояти Қизириқ туманидан 28 яшар Рамил Турғунбоев ҳам киритилган.
Sergelidagi "arzon uy-joylar" qurilishida poytaxtdagi poliklinika, bog‘cha-maktablar xodimlaridan tekin ishchi kuchi sifatida foydalanilmoqda.
Сергелидаги "арзон уй-жойлар" қурилишида пойтахтдаги поликлиника, боғча-мактаблар ходимларидан текин ишчи кучи сифатида фойдаланилмоқда.
O‘tgan yilning noyabr oyida o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan Xorazm va Toshkent viloyatidagi shakar zavodlari butunlay yopilishi mumkin. Ishchilarini o‘z hisobidan 2 oylik ta’tilga jo‘natgan ikkala zavod majburiy ta’tilni 10 aprelgacha uzaytirdi. Mulozimlarga ko‘ra, zavodlarning konvertatsiya bilan bog‘liq muammolarini hal qilish imkoni topilmayapti.
Давомини ўқинг