Линклар

Шошилинч хабар
18 декабр 2024, Тошкент вақти: 22:39

Zokirjon Almatov IIVga qaytdi. Vazirlik obro‘sini ko‘tarishga va’da berdi.(VIDEO)


General Zokirjon Almatov (chapdan ikkinchi) 2005 yilda xavfsizlik tizimi rasmiylari bilan.
General Zokirjon Almatov (chapdan ikkinchi) 2005 yilda xavfsizlik tizimi rasmiylari bilan.

O‘zbekiston sobiq Ichki ishlar vaziri¸ 68 yashar general-polkovnik Zokirjon Almatov yana vazirlikka qaytdi.

27 fevral kuni Ichki ishlar vazirligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida vazir Po‘lat Bobojonov Almatovning yangi ta’sis etilgan vazir maslahatchisi lavozimiga tayinlanganini e’lon qildi.

Mazkur yig‘inda bevosita qatnashgan mulozim tomonidan Ozodlikka yuborilgan audioyozuvda Zokirjon Almatov¸ o‘zining vazirlikka qaytishi uchun prezident Shavkat Mirziyoev va Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovga minnatdorchilik bildiradi.

"Ichki ishlar vazirligining barcha xodimlari prezidentimiz¸ vazir boshchiligida oldilariga qo‘yilgan vazifalarni sitqidildan bajarib¸ xalqimizning oldida obro‘-e’tiborli bo‘lib yurishini hammamiz tarafdorimiz. Bu yerda man ko‘p eski safdoshlarimni ko‘rib turibman. Juda xursandman. Juda qiyin vaziyatlardan chiqib ketdingizlar¸ ishladik¸ ozmi-ko‘pmi mehnat qildik. Hozirgi paytda prezidentimiz¸ hukumatimiz vazirlik xodimlarining oldiga juda ulkan vazifalarni qo‘ydilar.Ana shu vazifalarni bajarishda chetdan qarab turish¸ manimcha¸ nomardlik bo‘lsa kerak.Shuning uchun vazirimizning taklifini qabul qildim"¸ deydi Almatov Ichki ishlar vazirligi yig‘ilishida qilgan chiqishida.

Зокиржон Алматов янги лавозимини миннатдорчилик билан қабул қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:28 0:00
Бевосита линк

1991-2005 yillarda O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlagan Zokirjon Almatov¸ Andijon voqealariga qadar 1-prezident Islom Karimovga eng yaqin vazirlardan bo‘lgan.

Andijon voqealaridan sanoqli oy o‘tib - 2005 yilning dekabr oyida Almatov iste’foga chiqarildi va u rahbarlik qilgan ichki ishlar tizimida tarkibiy o‘zgarishlar boshlandi. 2005 yilga kelib Almatov rahbarligida O‘zbekistondagi eng qudratli vazirlikka aylangan IVVning ko‘plab funktsiyalari 2005-2007 yillar ichida Rustam Inoyatov rahbari bo‘lgan Milliy xavfsizlik xizmatiga olib berildi.

Зокиржон Алматов: Президент бизга жуда катта вазифаларни юклади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:18 0:00

Kuzatuvchilarga ko‘ra¸ Almatov iste’fosidan keyin Ichki ishlar vaziri va boshqa rahbarlik lavozimlariga asosan MXX kadrlari tayinlangan.

2018 yilning 31 yanvar kuni Rustam Inoyatov MXX raisligidan bo‘shatilishi bilan¸ bunday tarkibiy o‘zgarishlar endi MXXda boshlandi va 2005-2007 yillarda bu tizimga o‘tkazilgan boshqarmalar yana Ichki ishlar vazirligi tasarrufiga qaytarildi.

Ozodlik gaplashgan IIVdagi ayrim mulozimlar¸ MXX dagi korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi tugatilib¸ uning aksar funktsiyalari Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Jinoyat-qidiruv boshqarmasiga berilganini bildirdi.

Toshkent hukumatiga yaqin mulozimning Ozodlikka aytishicha¸ Zokirjon Almatov yangi tayinlovdan oldin prezident Shavkat Mirziyoev bilan uzoq suhbatlashgan va u aynan kuchishlatar tizimlaridagi korrupsiyaga qarshi kurashni muvofiqlashtirish vazifasi ham Almatovga topshirilgan.

2005 yilning 13 may kuni Andijonda ro‘y bergan qonli voqealar ortidan Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston hukumatiga nisbatan jazo choralari qo‘llagan edi. Bu sanksiyalarning bir qismi o‘laroq Andijondagi qonli voqealarga bevosita mas’ul deb ko‘rilgan bir guruh Toshkent rasmiylarining Yevropa Ittifoqi hududiga kirishi taqiqlangan va Zokirjon Almatov nomi ana shu ro‘yxatning tepasiga qo‘yilgan edi.

Shunga qaramay¸ 2005 yil oxirida Zokirjon Almatovning Germaniyada davolanishiga insoniylik nuqtai-nazaridan ruxsat etilgan va bu istisno xalqaro inson haqlari guruhlari tanqidiga uchragan edi.

Vazirlikdan ketganidan so‘ng Zokirjon Almatovning Toshkentda ma’lum muddat norasmiy uy qamog‘ida saqlangani aytiladi.

Shavkat Mirziyoev hokimiyatga kelganidan so‘ng Zokirjon Almatovning yangi prezident davrasida ko‘rilgani va unga kuch ishlatar tizimlari faoliyati bo‘yicha maslahatchilik qilayotgani haqida xabarlar tarqagan edi.

Almatovning prezidentga maslahatchi etib tayinlangani haqidagi xabarlar rasmiy tasdig‘ini topmadi.

Ayni paytda¸ uning Ichki ishlar vaziriga maslahatchi etib tayinlangani haqida ham hozircha vazirlik saytida rasmiy xabar yo‘q.

XS
SM
MD
LG