Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:18

Vrach ona va chaqaloqlarning yerda yotganini bayram kunlari FHDYo ishlamagani bilan izohladi


O‘zbekiston tuman tug‘ruqxonasida olingan surat.
O‘zbekiston tuman tug‘ruqxonasida olingan surat.

Farg‘ona viloyat, O‘zbekiston tuman tug‘ruqxonasi rahbariyati tuqqan ayollarning ba’zilari palata polida yotganini tan oldi, "1-2 kungina davom etgan" bu holatni tuqqan ayollar soni o‘tgan yildagiga nisbatan ikki barobarga oshgani hamda Mustaqillik bayrami kunlari FHDYo idorasining ishlamagani bilan izohladi.

Ozodlikka kelgan foto va videolarda ayollarning kasalxonasi palatasi polida yotgani aks etgan.

Tug‘ruqxonadagi ahvol aks etgan foto va videolarni 4 sentabrda Ozodlikka jo‘natgan ayol bunday deb yozdi:

"Farg‘ona viloyat, O‘zbekiston tuman tug‘ruqxonasida ayollar negadir yerga yotqizilibdi. Ichida tuqqan ayollar bor, homiladorlar ham. Nega bu ayollar yerga yotqizilganini bilmoqchimiz".

Ozodlikka kelgan foto va videoda 4 ayol xona polida yotgani aks etgan. Videolardan birida polga to‘shalgan ko‘rpada o‘tirgan ayollardan biri chaqalog‘ini emizayotgani va bolani pol ustiga to‘shalgan adyolga o‘rayotganini ko‘rish mumkin.

Fotosurat va videolarda ikkita xonada polga 5 kishilik joy to‘shalganini ko‘rish mumkin.

Farg‘ona viloyat, O‘zbekiston tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruqxona bosh vrachi muovini Nasiba Omonova Ozodlikka bunday holat vaqtincha - tug‘adigan ayollarni qabul qila olmagan qo‘shni Furqat tug‘ruqxonasi hisobiga - yuz berganini bildirdi:

- Furqat tug‘ruqxonasini 15-20 kunga bizga qo‘shib berishdi. Tug‘ruqxonamiz 120 koykaga, faqat o‘zimizning rayonimizga mo‘ljallangan, ammo Furqat tumani hisobiga tug‘ruqlarimiz kuniga 25-30 tacha bo‘ldi.

Lekin bu, bosh vrach muovinining aytishicha, ayollar 15-20 kun polda yotdi, degani emas, ularning 1 - 2 kun polda yotib qolishi sababi boshqa narsada:

- Dam olish kunlarimiz 3 kunga cho‘zilgani uchun ZAGS byuromiz ishlamadi – ayollarimizni esa hujjatsiz chiqara olmaymiz. 31,1, 2 sentabr kunlari 20 tadan ayol tuqqan! Tug‘ruqxonamizda esa 60 krovat bor. Yerda yotib qolganining sababi shu, xolos. Yotgan bo‘lsa ham 1 sutka yerda yotgan.

Nasiba Omonovadan olingan ma’lumotlarga qaraganda, Farg‘onaning O‘zbekiston tumani tug‘ruqxonasi 120 koykaga mo‘ljallangan, shu jumladan 20 ta koyka ginekologiya bo‘limi, 40 tasi homiladorlar patologiyasi, qolgan 60 o‘rin akusherlik posti, ya’ni tuqqan ayollar uchun mo‘ljallangan.

Bosh vrach muovini tug‘ruqxonada yotgan ayollarni va chaqaloqlarni, qoidaga ko‘ra, shifoxonaning boshqa bo‘limlariga o‘tkazish qat’iyan man etilganini bildirib, hozir birorta ham ayol yerda yotmayotganini aytdi:

- Hozirgi vaziyat – hech kim yerda yotgani yo‘q, joylarimiz bor, qo‘shimcha krovatlarimiz ham bor. Bunaqa vaziyat hech qachon bo‘lmagan, bo‘lmaydi ham – uch kunlik dam olish hisobiga shunday favqulodda vaziyat bo‘lib qoldi.

Tug‘ruqxona bosh vrachi muovinining aytishicha, bu yil O‘zbekistonda "tug‘ish yili" bo‘ldi.

- Kecha men hisobot topshirib keldim. Avgust oyida tug‘ruqxonamizda 489 tug‘ilish bo‘ldi! O‘tgan yilga nisbatan tug‘ilishimiz 2 barobarga oshyapti, chunki statistikaga ko‘ra, ayollarimiz tug‘ilgan 1997-2000 yillarda tug‘ish juda ko‘p bo‘lgan ekan. O‘sha yili tug‘ilgan qizlarimiz bu yil ona bo‘lyapti. Butun respublika bo‘yicha holat shu. Keyingi yili tug‘ilish O‘zbekistonda biroz kamayishi mumkin, - dedi O‘zbekiston tumani tug‘ruqxonasi bosh shifokori muovini Nasiba Omonova.

Aholi o‘sish statistikasi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yil O‘zbekiston tarixida eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan yil bo‘lgan.

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning demografik holati yuzasidan navbatdagi hisobotida respublikaning doimiy aholisi 2019 yil 1 iyul holatiga 33 million 523,6 ming kishini tashkil etib, 2019 yil boshidan buyon 268,1 ming kishiga yoki 0,8 % ga o‘sgani aytilgan.

O‘tgan 2018 yil davomida O‘zbekiston aholisi 597,4 ming kishiga yoki 2017 yilga nisbatan 1,8 foizga ko‘paygan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmonni imzolagan edi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG