емайл: bekievam@rferl.org Facebook: @Mehribon.Bekieva
Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumani Ullibog‘ qishlog‘ida yashovchi 29 yashar Ahmad Niyozimbetov uyini buzishga kelgan hokimlik vakillariga norozilik bildirib, o‘ziga o‘t qo‘ydi. Hokimlikka ko‘ra, Niyozimbetovning uyi noqonuniy qurilgani borasida sud qarori bo‘lib, uy buzilishi lozim. Hozirda shifoxonada davolanayotgan Ahmad esa qo‘lida uyga tegishli barcha hujjatlari borligini ta’kidlamoqda.
Қорақалпоғистоннинг Тўрткўл тумани Уллибоғ қишлоғида яшовчи 29 яшар Аҳмад Ниёзимбетов уйини бузишга келган ҳокимлик вакилларига норозилик билдириб, ўзига ўт қўйди. Ҳокимликка кўра, Ниёзимбетовнинг уйи ноқонуний қурилгани борасида суд қарори бўлиб, уй бузилиши лозим. Ҳозирда шифохонада даволанаётган Аҳмад эса қўлида уйга тегишли барча ҳужжатлари борлигини таъкидламоқда.
Qashqadaryodagi ayrim maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari bir haftadirki, paxta terimiga jalb qilindi. O‘quvchilar va ular ota-onalarining aytishicha, bolalar maktabda ikki soat o‘qigach, dalaga haydalmoqda. Andijonda esa o‘quvchilar o‘rniga ularning ota-onalari paxtaga chiqishga majburlanmoqda.
19 sentabr kuni Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi 43-bog‘chada 2 yashar Abdulloh ustiga bir qozon qaynoq ovqat to‘kilishi oqibatida olamdan o‘tdi. Bog‘chada oshpaz bo‘lib ishlaydigan Gulnora Rahmonova o‘g‘liga qaraydigan qaynonasi paxta terimiga chiqarilgani bois, bolasini o‘zi bilan bog‘chaga olib borgan payti ushbu fojia sodir bo‘lgan.
Қашқадарёдаги айрим мактабларнинг юқори синф ўқувчилари бир ҳафтадирки, пахта теримига жалб қилинди. Ўқувчилар ва улар ота-оналарининг айтишича, болалар мактабда икки соат ўқигач, далага ҳайдалмоқда. Андижонда эса ўқувчилар ўрнига уларнинг ота-оналари пахтага чиқишга мажбурланмоқда.
19 сентябрь куни Фарғона вилояти Ўзбекистон туманидаги 43-боғчада 2 яшар Абдуллоҳ устига бир қозон қайноқ овқат тўкилиши оқибатида оламдан ўтди. Боғчада ошпаз бўлиб ишлайдиган Гулнора Раҳмонова ўғлига қарайдиган қайнонаси пахта теримига чиқарилгани боис, боласини ўзи билан боғчага олиб борган пайти ушбу фожиа содир бўлган.
Toshkent shahridagi aksar banklarda Valyuta ayirboshlash shoxobchalari xodimlari har kuni soat 9dan 22 gacha ishlashga majburlanayapti. Ozodlikka murojaat qilgan bank xodimlariga ko‘ra, keyingi bir oy davomida dam olish kunlari ham ishlashga majbur qolmoqdalar.
Тошкент шаҳридаги аксар банкларда Валюта айирбошлаш шохобчалари ходимлари ҳар куни соат 9дан 22 гача ишлашга мажбурланаяпти. Озодликка мурожаат қилган банк ходимларига кўра, кейинги бир ой давомида дам олиш кунлари ҳам ишлашга мажбур қолмоқдалар.
Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboevning O‘zbekistonga tashrifi chog‘i ikki davlat o‘rtasida o‘ndan ziyod hujjat imzolandi. Mirziyoev Nazarboevni kutib olish uchun aeroportga shaxsan o‘zi chiqib, qozoq hamkasbini "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirladi. Nazarboev marhum hamkasbi Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘ydi.
Қозоғистон президенти Нурсултон Назарбоев Тошкентда президент Шавкат мирзиёев билан учрашувдан сўнг ўтган брифингда Қозоғистон йил сайин Ўзбекистонни 1 миллион тонна атрофида нефть хом ашёси билан таъминлашга тайёр эканини билдирди.
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 36 yashar Abdumalik Karimov uyiga kelgan Tez tibbiy yordam shifokorini urgani uchun hibsga olindi. Karimovdan kaltak yegan Zafar Qayumov to‘rt kundan beri shifoxonada davolanmoqda.
Тошкентнинг Мирзо Улуғбек туманида яшовчи 36 яшар Абдумалик Каримов уйига келган Тез тиббий ёрдам шифокорини ургани учун ҳибсга олинди. Каримовдан калтак еган Зафар Қаюмов тўрт кундан бери шифохонада даволанмоқда.
Namanganlik uch-opa singil Zulayho, Oydina va Mahliyo Sattorovalar hujjat muammosi sabab Birlashgan Arab Amirliklaridan O‘zbekistonga qayta olmayapti. Qizlarga ko‘ra, 2,5 yil davomida Dubaydagi konsullik va O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga qilgan murojaatlari natijasiz qolmoqda.
Наманганлик уч-опа сингил Зулайҳо, Ойдина ва Маҳлиё Сатторовалар ҳужжат муаммоси сабаб Бирлашган Араб Амирликларидан Ўзбекистонга қайта олмаяпти. Қизларга кўра, 2,5 йил давомида Дубайдаги консуллик ва Ўзбекистон ҳуқуқ-тартибот идораларига қилган мурожаатлари натижасиз қолмоқда.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi Nodira Yoqubova yosh bolasiga nafaqa puli berilmayotganidan shikoyat qilib, prezident portaliga 5 marta murojaat qilgan. Shuningdek, Nodira turli tashkilotlarda ishlovchi ayollarning homiladorlik va tug‘ish ta’tillariga bepul chiqarilishiga chek qo‘yilishini talab qiladi.
Toshkent viloyatining Olmaliq shahri hokimi, prokurori, ichki ishlar idorasi rahbari, soliq va moliya boshqarmasi boshlig‘i ishdan olindi. Prezident Mirziyoev mulozimlarni o‘z vazifasini bajarishda ko‘plab kamchilikka yo‘l qo‘ygani uchun lavozimiga noloyiq deb topdi.
Тошкент вилоятининг Олмалиқ шаҳри ҳокими, прокурори, ички ишлар идораси раҳбари, солиқ ва молия бошқармаси бошлиғи ишдан олинди. Президент Мирзиёев мулозимларни ўз вазифасини бажаришда кўплаб камчиликка йўл қўйгани учун лавозимига нолойиқ деб топди.
Давомини ўқинг